15-16 may kuni Andijon davlat unversitetining Tabiiy fanlar fakultetida Biologiya umumkasbiy fanlar bo'yicha Respublika fan olimpiadasining 2-bosqichi bo'lib o'tdi.
Ushbu fan olimpiadasini Andijon davlat unversiteti rektori professor A.S.Yuldashev ochib berdi va ishtirokchilarga omad tiladi. Fan olimpiadasini 1-bosqichi yozma ish shaklida o'tkazildi. Bunda talabalar savollarga o'z javoblarini yozma tarzda javob berdilar.
Ikkinchi bosqichi esa test shaklida bo'lib o'tdi. Talabalar kompyuterda Biologiya fanidan test sinovlarini topshirdilar, bu esa test sinovlarini haqqoniy o’tishini ta’minladi.
Uchinchi bosqichda esa talabalarga laboratoriya ishi shaklida topshiriq berildi. Ishtirokchilar piyoz po'sti hujayralari bo'yicha laboratoriya mashg'ulotlarini bajardilar.
Musobaqaning uchinchi bosqichi yakunlangandan so'ng, dasturga ko’ra qatnashchilar Andijon shahri bo'ylab sayohat qilish imkoniga ega bo’ldilar. Ishtirokchilar dastlab Andijon shahridagi Registon maydoni va Bog'ishamol istirohat bog'iga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida ular ham tarixiy ham zamonaviy Andijonni ko’rib, uzoq o'tmish va bugungi kunni o’zida mujassam etgan qadimiy va zamonaviy inshootlar ularda katta taassurot uyg'otdi. Ayniqsa, Bog'ishamol hududida joylashgan “Bobur va jahon madaniyati” muzeyidagi eksponatlar orqali Bobur bobomiz haqida o’zlari uchun yangi va to’liq ma’lumotlar oldilar.
16-may kuni fan olimpiadasining 4-bosqichi o'g'zaki savol javob tarzda bo'lib otdi. Bunda talabalar savollarga o'z javoblarini og'zaki tarzda bayon qildilar.
Barcha bosqichlardan so’ng fan olimpiadasi yakunlariga ko’ra Andijon davlat unversiteti biologiya ta’lim yo’nalishi talabasi Turg’unboyev Abdulaziz 1-o'rinni, Buxoro davlat tibbiyot instituti talabasi Ro’ziyev Farruhbek 2-o'rinni va Urganch davlat unversiteti Mamat Durdiyev va TDAU Andijon filiali talabasi 3-o'rinni egalladilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI