Andijon Davlat
Universiteti
JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI TALABALARI UCHUN DARS MASHG’ULOTLARI ANDIJON OZSMIDA TASHKIL ETILDI
2019-05-18    3895

O‘zbekiston Respublikasi Sh.Mirziyoev rahbarligida 2019 yil 19 martda o‘tkazilgan videoselektor belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash va oliy ta’lim muassalarida jismoniy madaniyat dars mashg‘ulotlarini mavzularga muvofiq ravishda joylarda o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida sport maktablariga, BO’SMlarda dars mashg’ulotlari tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 16 may kuni Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi o’qituvchilari A.Ashurov va Sh.Avazbadalov Andijon OZSMI suzish xavzasida “Suzish va uni o‘qitish metodikasi” fanidan Suzish mashg‘ulotlarida o‘rgatish metodlari mavzusi yuzasidan amaliy dars mashgulotlari o‘tkazdilar. Amaliy dars jarayonida Jismoniy madaniyat fakulteti 302 va 304-guruhi yigit qizlari ishtirok etdilar. Dars jarayonida AOZSMI suzish bo‘yicha murabbiylarini o‘quvchilar bilan ishlash jarayonini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar va dars jarayonida o‘quvchilar bilan amaliy o‘rgatish metodlari qanday bajarilishini guvohi bo‘ldilar. O‘tilgan “Suzish mashg‘ulotlarida o‘rgatish metodlari” mavzusidagi amaliy dars mashg’ulotlari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javoblar oldilar.

Shu kuni Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport kafedrasi o’qituvchisi Kotlov Yegor AOZSMI Basketbol zalida “Sport va xarakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi” fanidan “To‘pni yerga urib yurish va uzatish texnikasiga o‘rgatish” mavzusi yuzasidan amaliy dars mashgulotlarini olib bordi. Amaliy dars jarayonida Jismoniy madaniyat fakulteti 202 va 203 guruhi talabalari ishtirok etdilar.

Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport kafedrasi o’qituvchisi E.Toirjonov 16 may kuni AOZSMI Gimnastika zalida Jismoniy madaniyat fakulteti 202-203 guruhi talabalariga  “Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi” fanidan “Oyoqlarni burchak ostida ushlab turish va oldinga umbaloq oshish texnikasiga o‘rgatish” mavzusi yuzasidan amaliy dars olib bordi.

Amaliy dars jarayonlarida barcha talabalar mavzular bo’yicha dars jarayonini qanday tashkil etish kerakligi borasida kerakli bilimlarga ega bo’ldilar.

 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.