Avval xabar qilganimizdek Prezidentimiz Sh.Mirziyoev rahbarligida 2019 yil 19 martda o‘tkazilgan videoselektor yig’ilishida oliy ta’lim muassalarida tarix, arxitektura va qurilish bo‘yicha dars mashg‘ulotlarining mavzularga muvofiq ravishda joylarda o‘tkazilishini tashkil etish bo’yicha ko’rsatma berilgan edi. Bu borada Tarix ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mutaxassislik fanlaridan muzeylarda, tarixiy qadamjoylarda, arxiv tashkilotlarida dars mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.
Jumladan, 2019-yil 16-may kuni O’zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti, t.f.d. M.G‘. Abdullaev tomonidan “Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyida Tarix ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich 301-302-guruhlari talabalari uchun “O‘zbekiston tarixi” fanidan “O‘zbekistonning 1945-1985 yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti” mavzusidagi maruza mashg‘uloti o‘tildi.
Muzey eksponatlaridagi O‘zbekistonda sovet xokimiyatining amalga oshirgan kollektivlashtirish va “quloqlashtirish” davri tarixi, O‘zbekistonning 1945-1985 yillar tarixiga doir ma’lumotlar”, ayniqsa “paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” bilan bog‘liq ko‘rgazmalar talabalarda o’sha davr ruhini his qilishga, o’sha davrga oid ma’lumotlarni, turli videomateriallarini namoyishi ularning ushbu mavzudagi bilimlarini kengaytirishga va yashovchanligini oshirishga xizmat qilishi shubxasiz.
17 may kuni esa dotsent D.Sobirova va katta o‘qituvchi Nozimjon Nurmatov tomonidan Andijon viloyati davlat arxivida Tarix ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich 202-203-guruh talabalariga “Arxivshunoslik” fanidan “Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda arxivlarning faoliyati” mavzusidagi amaliy mashg‘uloti o‘tildi.
Talabalar arxiv fondlarida saqlanayotgan viloyatimiz tarixiga oid xujjatlar bilan tanishib, Andijon viloyat davlat arxivi misolida mustaqillik yillarida sohada amalga oshirilgan islohotlarni tahlil qildilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI