Andijon Davlat
Universiteti
TARIX FAKULTETIDA AMALIY MASHG'ULOTLAR MUZEYLARDA TASHKIL ETILMOQDA
2019-05-17    3234

O‘zbekiston Respublikasi Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2019 yil 19 martda o‘tkazilgan videoselektor belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash va oliy ta’lim muassalarida tarix, arxitektura va qurilish bo‘yicha dars mashg‘ulotlarining mavzularga muvofiq ravishda joylarda o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida Tarix fakultetida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Turli mutaxassislik fanlaridan muzeylarda, tarixiy qadamjoylarda, arxiv tashkilotlarida dars mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda. Xususan, joriy yilning 16-17-may kunlari O‘zbekiston tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi Jasurbek Iminov tomonidan “Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi”da Tarix ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich 101-102-guruhi talabalariga “O‘zbekiston tarixi” fanidan “O‘zbek xalqining etnogenezi” mavzusidagi seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi. Darslar yuqori saviyada tashkil etilib, muzey eksponatlaridagi “O‘zbek xalqining kelib chiqishi tarixiga” doir ko‘rgazmalar talabalarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda katta rol o‘ynadi.

Shuningdek, joriy yilning 16-may kuni dotsent R.R. Shamsitdinov tomonidan ushbu ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich 303-rus guruhi talabalariga “Istoriya Uzbekistana” fanidan “Sotsalno-ekonomicheskaya jizn uzbekskogo naroda v 1946-1985 gg.” mavzusidagi ma’ruza mashg‘uloti va 2019 yil 15 may kuni “Sozdanie i ukreplenie sovetskoy vlasti v Karakalpakstane” mavzusidagi seminar mashg‘ulotlari “Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyida o‘tkazildi.

Dars mashg‘ulotlari zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan xolda tashkil etilib,  muzey eksponatlaridagi sovet davri tarixini aks ettiruvchi materiallar, 1945-1985 yillar tarixiga doir ma’lumotlar, ayniqsa “paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” bilan bog‘liq ko‘rgazma materiallari talabalarning qiziqishlariga va boy xayotiy taassurotlarga ega bo‘lishida katta rol o‘ynadi.

 

 

Behzodbek Karimov
www.adu.uz muxbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.