Andijon davlat universitetida Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi tashabbusi bilan “Boshlang’ich ta’limda ona tili, matematika o’qitishning dolzarb muammolari” mavzusida VIII Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o’tkazildi.
Konferensiyani o’quv ishlar bo’yicha prorektor, dotsent A.Mamatyusupov ochib berdi. U o’z so’zida konferensiya ishiga omadlar tilab, ilmiy izlanishlar natijalari ishlab chiqarishga xizmat qilishi, bu esa mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlashini bildirdi va konferensiyadagi har bir chiqish bu borada yuksak natijalarga erishishi lozim ekanini ta’kidladi.
Dastlab, professori, f.f.d. SH.X.Shoxobiddinova sohada dolzarb muammolardan biri bo’lmish “Ona tili ta’limi muammolar” mavzusida o’z ma’ruzasini ishtirokchilar e’tiboriga havola etdi.
“Matematika fanini o’qitishda predikatlar algebrasi formulalaridan foydalanishning ahamiyati” mavzusida chiqish qilgan f-m.f.n., dots. K.B.Mamadaliyev mavzu yuzasidan ilmiy izlanishi natijalrini tahlil qilib berdi.
Shundan so’ng f.f.n., dots. U.E.Rahimov “Ta’lim tizimiga kompetentsiyaviy yondashuv” mavzusida o’z fikr mulohazalarini ilgari surib, hozirgi kunda jahon andozalari bilan milliy ta’lim tizimining qiyosiy-tahliliy jihatdan ilmiy izlanishi xulosalarini taqdim etdi.
Dasturga asosan anjumanda yosh tadqiqotchilar va iqtidorli talabalar ham o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Qisqacha tanaffusda musiqiy ta’lim yo’nalishi talabalari jonli ijroda qo’shiq aytib, musiqiy asboblarda milliy kuylarimizni ijro etdilar.
Anjuman so’nggida barcha sho’balar bo’yicha g’olib deb topilgan ishtirokchilar taqdirlandilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI