Oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning bir qismi sifatida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan akademik va ilmiy hamkorlikni yanada kuchaytirishni kun tartibiga qo’ymoqda.
Andijon davlat universiteti qardosh mamlakatlar oliy ta’lim muassasalari bilan ham o’zaro hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan. Hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yishda universitetimizning kafedralari ham faol ishtirok etmoqda.
Jumladan, o’tib borayotgan hafta davomida universitetimizning tabiiy fanlar fakultetiga Qirg'iziston Respublikasining Jalalabad davlat universiteti professor-o'qituvchilari tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida ular tabiiy fanlar fakultetida joylashgan laboratoriya xonalari va jihozlari bilan tanishdilar. Ular laboratoriya xonalarida yaratilgan sharoitlar, kafedralar ilmiy salohiyatining yuqoriligi, talabalarning bilim olishga intilishining yuqoriligi kelajakda Andijon davlat universitetini raqobatbardosh kadrlar tayyorlash markaziga aylantirishini bildirdilar.
So'ngra, mehmonlar fakultet dekani o'rinbosarlari va kafedra mudirlari bilan birgalikda universitet tuzilmasidagi “Qatag'on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida mehmonlar unversitetiga bo'lgan qiziqishlari yanada ortganini va keljakda hamkorlik asosida kadrlar tayyorlash niyatida ekanliklarini ta’kidlab o'tdilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI