Mamlakatning barqaror taraqqiyotini ta’minlab beruvchi eng asosiy kuch bu albatta, yuqori malakali kadrlar tayyorlash hisoblanadi. Oliy ta’lim muassasalari bu borada lokomotivga aylanishi lozim. Oliy ta’lim muassasalarining xorijiy oliy ta’lim, ishlab chiqarish va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish hamda o‘quv dasturlarini jahon standartlari darajasida qayta ishlash eng muhim vazifalardandir.
Kuni kecha Andijon davlat universitetida Oliy va o‘rta maxsusb kasb-hunar ta’limni rivojlantirish markazi direktori Hakimov Zafar Tulaganovich raisligida Andijon viloyatidagi barcha oliy ta’lim muassasalarining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlari, o‘quv bo‘limi boshliqlari, dekan va kafedra mudirlari ishtirokida oliy ta’lim tizimida o‘quv-me’yoriy hujjatlari, dars jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.
Seminarda so‘z olgan Oliy va o‘rta maxsusb kasb-hunar ta’limni rivojlantirish markazi direktori Z.T.To‘laganov o‘z so‘zida, - “...keyingi yillarda mamlakatimizda ta’lim tizimini takomillashtirish, zamonaviy kadrlar tayyorlashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Muhtaram Prezidentimiz qarori bilan 2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizmini kompleks rivojlantirish Dasturi qabul qilingan. Dastur asosida mamalakatimizda bir nechta yangi oliy ta’lim muassasalari, jumladan, xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etildi. Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan akademik va ilmiy hamkorlik aloqalari har qachongidan kuchaydi. Barcha sohalarda jadal islohotlar kechayotgan bir vaqtda, xar tomonlama yetuk oliy ma’lumotli kadrlar yetishtirish bizni oldimizda turgan eng muhim vazifa hisoblanadi. Bu borada birinchi navbatda, iqtisodiyotimiz tarmoqlari va sohalari uchun zarur bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini aniqlab olish lozim. Ushbu sohada tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga bor kuch va e’tiborimiz sarf etilmoqda. Keyingi eng muhim vazifa bu – mavjud ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari uchun yangi avlod fan dasturlari, o‘quv adabiyotlarini yaratish va zamonaviylashtirish, shuningdek, o‘quv me’yoriy hujjatlarni jahon standartlari asosida shakllarntirishdir”, - deya xulosa berdi va sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalarni izchillik asosida tahlil qilib berdi.
Shuningdek, seminarda oliy ta’lim muassasalarida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ochilayotgan qo‘shma dasturlarda fan dasturlarining taqsimotini tashkil etish, o‘quv me’yoriy hujjatlarda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi.
Seminar so‘nggida Andijon viloyati oliy ta’lim muassasalari vakillari oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirish va zamon talablariga mos, xar tomonlama yetuk kadrlar tayyorlashda yanada faol ishtirok etishga kelishib oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI