Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA WEBINAR ONLAYN DARSLARI TASHKIL ETILDI
2019-04-29    3492

Bugungi kunda ta’lim sifatini jahon andozalari darajasiga ko’tarish dolzarb masalaga aylandi. Bu borada xorijiy davlatlar bilan aloqalarni yo’lga qo’yish, xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tizimli ishlar yo’lga qo’yilmoqda. Hozirgi kunda Andijon davlat universiteti dunyoning nufuzli universitetlari bilan akademik, ilmiy va xalqaro hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda. 2018 yilning 18-19 oktabr kunlari Toshkent shahrida o'tkazilgan "O'zbekiston-Rossiya ta'lim forumi"dagi kelishuvlar natijasiga ko'ra Rossiya Federatsiyasining Mordoviya davlat universiteti va Andijon davlat universiteti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolanganidan ko’pchilikning xabari bor albatta. Mazkur memorandumda belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo'yicha alohida "Yo'l xaritasi" shakllantirildi.

Memorandumga ko’ra, ikki oliygoh professor-o’qituvchilari ishtirokida uzluksiz ravishda webinar onlayn darslari tashkil etilmoqda. Andijon davlat universiteti tashabbusi bilan joriy yilning 22-24 aprel kunlari Mordoviya davlat universiteti professorlari Akimova Tatyana Ivanovna, Kadimaliyev Davud Ali-O’g’li va Kaverin Aleksandr Vladimirovichlar tomonidan Andijon davlat universitetining Filologiya (rus-tili), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va Biologiya yo'nalishlarining 1-3-bosqich talabalariga webinar onlayn ma'ruzalar tashkil etildi.

Talabalar ushbu webinar onlayn ma'ruzalar va darslar davomida “Rus adabiyotini o'rgatishning innovatsion texnologiyalari”, “Yerning biologik xilma-xilligini saqlash muammolari”, “Chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasi va biogaz ishlab chiqarishning hozirgi holati” kabi  ko'plab mavzular bo'yicha o'zlariga kerakli bo'lgan ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

Bu darslarning talabalar uchun ahamiyatli jihati ma’ruzlarni har tomonlama mukammal va yuqori saviyada o'tkazilgani, bugungi kun fani yangiliklarining qo’llanilishi bo'ldi. Dars so'nggida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollari bilan xorijlik professorlarga murojaat qilishdi hamda o'zlari uchun yetarli bo'lgan javoblarga ega bo'lishdi. Bunday darslar o’zaro fikrlar almashishga qulayligi, shuningdek, jahon va o’zbek fani o’rtasidagi o’ziga xos jihatlar, yutuq va kamchiliklar haqida aniq xulosalar qilishga, talaba yoshlarning intellektual salohiyatini yanada ortishiga xizmat qiladi.

F.Alimov
Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.