Andijon Davlat
Universiteti
XUSHXABAR! BAHROMJON DO'MONOV PHD DISSERTATSIYASINI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILDI
2019-04-25    3036

Andijon davlat universiteti Kimyo kafedrasi katta o’qituvchisi  Do'monov Bahrom Muxtorovich O’zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.28.12.2017.Ped.01.09  – raqamli 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodologiyasi (aniq fanlar (matematika, informatika, fizika, astronomiya, kimyo, biologiya, geografiya) bo’yicha) ixtisosliklari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan ixtirochi, k.f.d., professor I.R.Asqarov ilmiy rahbarligida "Umumta'lim maktablarida kimyoviy bilim, ko'nikma va malakalarni samarali rivojlantirish" mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodologiyasi (aniq fanlar (matematika, informatika, fizika, astronomiya, kimyo, biologiya, geografiya) bo’yicha) ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishining himoyasi bo‘lib o‘tdi. Ixtisoslashgan kengash a’zolari pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ishi a’lo darajada bajarilganligini ta’kidlab, 100 foiz ovoz bilan ma’qulladilar.

Do'monov Bahrom Muxtorovichni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, kelgusi ishlarida zafarlar tilaymiz!

Matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.