Andijon Davlat
Universiteti
PEDAGOGIKA FAKULTETINING 5 TA MUHIM TASHABBUS BO’YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLARI E’TIROFI
2019-04-25    3822

Ma'lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma'naviy- ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo'yish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Mazkur tashabbus xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi va ushbu ezgu g'oyalar asosida mamlakatimizda, jumladan, Andijon davlat universitetida ham qisqa vaqt ichida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

Kuni kecha Pedagogika fakultetiga Andijon viloyat televideniyasi tashrif buyurdi va ana shu tashabbus yo'nalishlari bo'yicha o'tkazilayotgan tadbirlar, to'g'araklar haqida lavhalar tayyorladi. Bilamizki, Pedagogika fakulteti Musiqiy ta'lim, Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi, Mehnat ta'limi, Boshlang'ich ta'lim kabi yo'nalishlarni o'z ichiga oladi.

5 ta tashabbusni amalga oshirishda esa barcha imkoniyatlari yetarli, fakultet talabalarining barchasi iste'dodli, san'atga oshno. Televideniya hodimlari dastavval tasviriy san'at va muhandislik garafikasi yo'nalishi talabalarining to'g'arak darslarini, mahorat bilan ishlagan rasmlarini, mehnat ta'limi yo'nalishi talabalarining esa tikuvchilik to'garagida o'z qo'llari bilan tikayotgan ko'ylaklarini hayrat bilan tamosha qilgan va tasvirga tushirgan bo'lsa, tasvir davomida qizlarning vaqtini yanada unumli o'tkazish maqsadida tashkil etilgan raqs to'g'aragi qizlarining raqslarini, musiqiy ta'lim yo'nalishi talabalarining mahorat bilan ijro etgan kuy va qo'shiqlarini, boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabalarining kitob mutolaasi to'g'araklarini tasvirga tushirdilar.

Umid qilamizki ushbu tashrif televideniya hodimlarga ham manzur bo'ldi.

Mana shunday to'g'araklar, tadbirlarni tashkil etishda talabalarga yaqindan yordam berayotgan fakultetimiz dekani Ch.Shokirova hamda yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Q.Nuritdinovga va fakultetimizning barcha o'qituvchilariga talabalar nomidan o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. O'ylaymizki kelgusiga mana shunday ezgu g'oya va ishlar yanada ko'proq amalga oshiriladi.

 

 

Rasulova Mukarramoy 
www.adu.uz muxbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.