Qirgʻiziston va Oʻzbekiston respublikalari azaldan qondosh qardosh millat hisoblanadi. Soʻnggi yillarda ikki mamlakat oʻrtasidagi o’zaro aloqalar yanada yaxshilandi. Turli sohalarda shartnoma va kelishuvlar imzolandi.
Xususan, taʼlim sohasida ham hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan, 2018-yili Andijon davlat universiteti va Oʻsh davlat universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolangan edi.
Shartnomaga ko’ra, joriy yilning 20-aprel kuni Andijon davlat universitetiga Osh davlat universitetining 13 nafar talabasi tashrif buyurdi. Mehmonlarni o’quv ishlari bo’yicha prorektor, dotsent A.Mamatyusupov, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i A.Akbarov hamda tegishli fakultetlar dekan o’rinbosarlari kutib oldilar. Ular Osh davlat universiteti talabalariga tegishli barcha sharoitlar yaratib berilishini aytib, universitetimiz ichki tartib-qoidalari bilan tanishtirildilar. Shundan so’ng mehmon talabalar TTJlarga joylashtirildi.
Osh davlat universiteti talabalari universitetimizda joriy yilning 2-mayiga qadar dars jarayonlarida qatnashishadi, o‘quv faoliyati bilan tanishishadi. Mexmon talabalar Tabiiy fanlar, Ijtimoiy iqtisodiyot va Fizika-matematika fakultetlarida o‘qishlarini davom ettiradilar. Tashrif davomida mehmonlar uchun turli ko’ngilochar tadbirlar uyushtirilishi rejalashtirilgan.
Bugun, Oʻsh davlat universiteti biznes va menejment fakulteti 2-kurs talabalari Kutshanbek Abdukadirov va Gulzina Suleymanovalar Milliy gʻoya maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi yoʻnalishi 2-bosqich 201-guruhida dars mashg’ulotlarida ishtirok etdilar. Abdukadirov Kutshanbek bugungi mashg’ulotlar orasida ularda Fuqarolik jamiyati nazariyasi kafedrasi oʻqituvchisi Zohidjon Hayitmatov tomonidan “Globallashuv asoslari” fanidan o’tilgan maʼruza mashg’uloti katta taassurot qoldirganini bildirdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI