2019 yil 19 aprel kuni Andijon davlat universitetida 5 ta muhim tashabbus bo’yicha qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, tarix fakulteti 1 bosqich 101-guruh talabalari Azizbek Qurbonov, Izzatillo Xamidov, Durbek Sayfiddinovlar tomonidan Buloqboshi tumanidagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 5 ta muhim tashabbus doirasida “Jonajon maktabimga kitob tuhfa etaman” loyihasi o’tkazildi. Ushbu tadbirda tarix fakulteti 1 bosqich 101-guruh talabalari Azizbek Qurbonov, Izzatillo Xamidov, Durbek Sayfiddinovlar tomonidan kitoblar jamlanmasini maktab ma’muriyatiga topshirildi. Shuningdek, fakultet talabalari tomonidan o’quvchi yoshlarga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo’yicha belgilangan 5 ta muhim tashabbusning mazmun mohiyati haqida o’z tushunchalarini o’quvchi yoshlarga yetkazdilar. Kelajakda kitoblar maktab o’quvchilarini bilim saviyasini oshirishda salmoqli xizmat qiladi.
Filologiya fakultetida esa 5 ta muhim tashabbus targ‘iboti bo‘yicha seminar tashkil etildi. Seminarda fakultet yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari K.Shahobov talabalarga 5 tashabbusning har birining mohiyati bo’yicha tushunchalar berdi. Bu nafaqat talabalarning o’zlarida tashabbus haqida tushunchalar hosil qiladi, balki, bu orqali yoshlar o’z yaqinlari, do’st-u birodarlariga ham targ’ibot qilishlariga zamin yaratadi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI