Andijon Davlat
Universiteti
5 TA MUHIM TASHABBUS BO’YICHA TARG’IBOT ISHLARI DAVOM ETMOQDA
2019-04-18    5083

Universitetimizda bugun ham prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusi bo’yicha rejada belgilangan ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, chet tillari fakultetining ingliz tili va adabiyoti kafedrasi katta o’qituvchilari  Gavxaroy Isroiljon qizi, Zaynobiddinova Gulbahor hamda uning murabbiyligi ostidagi ingliz tili va adabiyoti yo’nalishi 206-guruh talabalari Andijon tumanida joylashgan 1-MTMda o‘zlarining ko‘rgazmali chiqishlari, qo‘g‘irchoqlar bilan namoyish etilgan saxna ko‘rinishlari, sho‘x qo‘shiqlari bilan bolajonlarni xursand qildilar.

Ingliz tili fonetikasi kafedrasi o‘qituvchisi Qodirov Olimjon esa 307-guruh talabalari bilan birgalikda tarixiy qadamjolarni ziyorat qilish maqsadida Andijon viloyati Jalaquduq tumanida joylashgan Qutayba ibn Muslim ziyoratgohini ziyorat qildilar va Qur’on tilovat qildilar.

Musiqa kafedrasi o’qituvchilari ham muhim tashabbuslar yuzasidan faol targ’ibot ishlarini olib bormoqdalar. Jumladan, kafedra o’qituvchisi Z.Xadjaeva Asaka tumanidagi bolalar musiqa va san’at maktab internatidaga, J.Mo‘ydinov esa Qo’rg’ontepa tumanidagi 4-son bolalar musiqa va san’at maktabida bo’lib, dars mashg’ulotlarida ishtirok etdilar, iqtidorli o’quvchilar bilan uchrashdilar, ularga o’z maslahatlarini berdilar, maktab o’qituvchilariga to’garaklar faoliyatini yo’lga qo’yish bo’yicha o’z fikr mulohazalarini bildirdilar.

 

Matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.