Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA ANDIJON VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI TOMONIDAN YURIDIK ADABIYOTLAR SAYYOR SAVDOSI TASHKIL ETILDI
2019-04-18    3304

Yoshlarni ma’naviyatini yuksaltirish va ularni bo‘sh mazmunli tashkil etish bo‘yicha Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 4-muhim tashabbus doirasida hamda “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni ijrosini ta’minlash, jamiyatda huquqiy savodxonlikni oshirish yuridik adabiyotlarni fuqarolar uchun qulay va arzon narxlarda yetkazib berish maqsadida Bugun Adliya vazirligi tomonidan Andijon davlat universitetida “Kitob mening do‘stim” shiori ostida sayyor kitob savdosi tashkil etildi.

Ushbu sayyor kitob savdosi aksiyasida 700 dan ortiq talabalar, professor-o‘qituvchilar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Aksiyada ishtirokchilarga 2000 dan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, kodekslari va boshqa yuridik adabiyotlar 50% li chegirma asosida taklif etildi.

Shuningdek, aksiya doirasida Andijon davlat universitetiga tashkilotchilar tomonidan 50 dan ortiq yuridik adabiyotlar to‘plami sovg‘a qilindi. Bu uchun universitet ma’muriyati Andijon viloyati adliya boshqarmasiga o‘z minnatdorchiligini izhor etadi.

    

 

 

 

Nodirbekov Furqatbek
www.adu.uz muxbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.