Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITET BOSHLANG‘ICH XOTIN-QIZLAR QO‘MITASI TASHABBUSI BILAN “BEPUL KUTUBXONA” TASHKIL ETILDI
2019-04-17    3348

Inson hayoti uchun eng zarur narsalar qatorida birinchisi non bo‘lsa, ikkinchisi kitobdir. Non insonning moddiy ehtiyojini qondirsa, kitob ma’naviy boylik, o‘zlikni anglash, eng muhimi insoniy tarbiyaning muhim manbai bo‘lib xizmat qiladi. Aynan tarbiyaviy omilning kitobxonlik darajasi bilan bog‘liqligi mutolaa ishining har qanday davrda ham davlat va jamiyat uchun asosiy masala ekanligini anglatadi. Bu o‘rinda mamlakatimizda aholi o‘rtasida, ayniqsa yoshlarda kitobxonlik darajasini oshirish, tarixiy xotira asosida farovon kelajakni barpo qilish yo‘lida qator tadbirlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidlash joiz.

Davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning "Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish" bo‘yicha amaliy ishlarni jadallashtirish hamda aholi o‘rtasida mutolaa madaniyatini oshirish, kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida universitet boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasining tashabbusi bilan Andijon shahridagi “Mustaqillik” MFY hududida tashkil etilgan “Bepul kutubxona”ga o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara va nodir asarlari taqdim etildi.

Har qanday buzg‘unchi kuch va xurujni yuksak ma’naviyat bilan yengish mumkin. Shu ma’noda kitobxonlik bugun barchamiz uchun hayotiy zaruratga aylanmog‘i kerak. Ushbu masalaga shaxsan davlatimiz rahbari tomonidan alohida e’tibor qaratilib, bu borada muhim vazifalarning belgilab berilayotganligi aholi o‘rtasida yuksak ma’naviy ong va ma’rifatparvarlikni targ‘ib qilish yo‘lida barchamiz uchun yangi ibrat bosqichini boshlab berdi, deyish mumkin.

 

 U.Ahmedova
Universitet boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasi raisi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.