Andijon Davlat
Universiteti
#KITOBCHALLANGE DAVOM ETADI…
2019-04-16    3324

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo'yish bo'yicha beshta muhim tashabbuslarini qo'llab-quvvatlab, uning ikkinchi va to'rtinchi tashabbuslari dorasida Andijon davlat universiteti, fizika-matematika fakulteti matematika kafedrasi mudiri, dotsent To'lanboy Ibaydullayev o'zi tahsil olgan, hozirda farzandlari o'qiyotgan Marhamat tumanidagi 27-umumta'lim maktabining o'quvchilariga sinfdan tashqari o'qish uchun o'ndan ziyod badiiy kitoblar hamda turli sport anjomlari – futbol va volleybol to'plari, shaxmat va shashkalar sovg'a qildi.

O'quvchilar va ularning ustozlari ushbu tashrifdan mamnun bo'ldilar. T.Ibaydullayev o’quvchilarning dars jarayonlarida ishtirok etib, bolalarni o’qish va bilim olishga, kitob mutolaasining foydasiga doir ibratli hikoyalar orqali ularni kitob o’qishga va bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirishga harakat qildi. Uchrashuv so'ngida dotsent T.Ibaydullayev matematikadan turli qiziqarli misollar keltirib, o'quvchilarning matematikaga bo’lgan qiziqishlarini yanada orttirdi.

 

O.Samsaqov
Matematika kafedrasi o'qituvchisi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.