Andijon Davlat
Universiteti
«O‘ZBEKISTONDA MA’MURIY ISLOHOTLAR KONSEPSIYASI – DAVLAT VA JMIYAT BOSHQARUVINI RIVOJLANTIRISHNING YANGI BOSQICHI SIFATIDA» MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI TASHKIL ETILDI
2019-04-16    4218

2019-yil 15-aprel kuni Andijon davlat universitetida «O‘zbekistonda ma’muriy islohotlar konsepsiyasi – davlat va jmiyat boshqaruvini rivojlantirishning yangi bosqichi sifatida» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda mamlakatimizning turli oliy ta’lim muassasalari olimlari, yosh tadqiqotchilari va iqtidorli talabalar ishtirok etdilar.

Anjumanni kirish so‘zi bilan Andijon davlat universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, t.f.d., professor B.M. Rasulov ochib berdi va universitet rektori professor A.S.Yuldashevning tabrik so‘zini o‘qib eshittirdi.

Shundan so’ng konferensiya yalpi majlisida ma’ruzalar tinglandi.

Dastlab t.f.n dotsent O.Axmadjonov Ma’muriy islohotlar Konsepsiyasining davlat hokimiyati va boshqaruvini modernizatsiyalashuvi jarayonidagi o‘rni mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada so’nggi yillarda mamlakatimizda ma’muriy islohotlarning asosiy jihatlariga e’tibor qaratilib, ma’muriy islohotlar Konsepsiyasining asosiy maqsadi mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirishga qaratilgani keltirib o’tildi .

Keyingi o’rinlarda Z.Xayitmatov Ijroiya hokimiyati tizimida nomarkazlashtirish islohotlari, A.Badalov Mahalliy ijroiya boshqaruv tizimida nomarkazlashtirish islohotlari, B.Tojiboev Fuqarolik jamiyati nazarniyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi O‘zini o‘zi boshqarish tizimini takomillashtirish va rivojlantirish islohotlari mavzularida mazmunli ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Yalpi majlis yakunlangach, konferensiya o’z ishini O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlar konsepsiyasi milliy boshqaruv modeli, Ijroiya hokimiyati tizimida ma’muriy islohotlar jarayoni, Mahalliy ijroiya boshqaruv tizimida nomarkazlashtirirish islohotlari, O‘zini o‘zi boshqarish tizimini takomillashtirish va rivojlantirish islohotlari kabi seksiyalarda davom ettirildi.

 

Matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.