Andijon davlat universiteti chet tillar fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 19-mart kuni yoshlarimizga bo’lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish bo’yicha tashabbuslari bo’yicha turli guruhlarlarda tushuntirish ishlari olib borildi.
5 ta muhim tashabbusning birinchisi bo’lmish “Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga qiqarish” ga qaratilgan asosiy masala bo‘yicha guruhlar kesimida tushuntirish ishlari olib borildi va talabalar tomonidan maktab o’quvchilari tayyorlangan dasturlar tahlil qilindi. Talabalar viloyatimizdagi maktab yoshlari o’rtasida 5 ta tashabbusni targ’ib etish bo’yicha turli dasturlar tayyorlab ularni professor-o’qituvchilar e’tiboriga havola etdilar va kerakli maslahatlar oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI