Andijon Davlat
Universiteti
MUSIQA KAFEDRASI O’QITUVCHILARI BOLALAR VA O’SMIRLAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARIDA
2019-04-15    3350

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan yoshlarga bo‘lgan e’tibori davlat siyosati darajasida ko‘tarilgan. Xususan, yoshlar orasidan iste’dodli, iqtidorlilarinin qidirib topish, ularni xar tomonlama barkamol qilib tarbiyalash bu eng muhim ustivor yo‘nalishlardan biridir. Bugungi kunda xar tamonlama o‘sib borayotgan yoshlar o‘rtasida musiqa, sanat,  kitobxonlikni  targ‘ib  qilish, xotin qizlar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan vazifalar ijrosini amalga oshirish, yoshlarni san’at va musiqaga qiziqishini oshirish, ular orasidan iste’dodlilarinin saralab to’g’ri yo’naltirish maqsadida Pedagogika fakulteti Musiqa ta’limi kafedrasi o‘qituvchilari Andijon shahar va tumanidagi Bolalar musiqa va sanat maktablariga tashrif buyurdilar.

Ular Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus to‘g‘risida yig‘ilishlar o‘tkazdilar. Shuningdek, yoshlarning qiziqishidan kelib chiqib to‘garaklar tashkil etish vazifasi muhokama etdilar. Bolalar musiqa maktablarida bolalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishda ushbu to‘garaklarning katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.

Prezidentimiz ko’rsatmalari bo’yicha Andijon viloyat hokimligi va Andijon davlat universiteti rektori tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida musiqa talimi kafedrasi professor o‘qituvchilari bolalar musiqa va san’at  maktablari o‘qituvchilariga metodik va amaliy yordam bermoqdalar.

 

D.Raimova
Musiqa ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.