Xabaringiz bor, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 3-aprel kuni yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan 5 ta tashabbusni amaliyotga joriy etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan edi.
Yig‘ilishda mazkur dasturlarga kiritilgan takliflar, ularni amalga oshirish mexanizmlari muhokama qilingan.
Ushbu vazifa va ko'rsatmalarga binoan, amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Andijon davlat universiteti pedagogika fakultetida ham mavzuga oid seminar bo'lib o'tdi.
Unda fakultet dekani Charosxon Shokirova boshchiligida fakultetning barcha professor-o'qituvchilari faol ishtirok etdilar.
Seminarda fakultet dekani yurtboshimiz tomonidan taklif qilingan yoshlar uchun barcha sharoitlarni yaratish, musiqa, tasviriy san'at, sport, kitobxonlikni rivojlantirish, yoshlarni iste’dodini yuzaga chiqarish hamda xotin-qizlar bandligini ta'minlashdek dolzarb vazifalarni o‘z ichiga olgan 5 tashabbusning davlat va jamiyat rivoji uchun nechog'lik ahamiyat kasb etishini, kelgusida bundan kutilayotgan istiqbollar to'g'risida to'xtalib o'tdilar.
Muhokama qilingan masalalar yuzasidan jamoaning axborotlari eshitildi. Jumladan, boshlang’ich ta'lim metodikasi kafedrasi mudiri dotsent Dilfuzaxon Nurmonova har bir kafedra negizida beshta tashabbus bo'yicha yo'l xaritasi islab chiqilayotganligi, barcha ishlar ana shu yo’l xaritasi asosida tizimli ravishda olib borilayotganligi to'g'risida gapirdi. Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi dotsenti F.Yunusov yo’l xaritasi asosida bajariladigan ishlar bo‘yicha o'z fikrlarini bildirdi.
Kafedra katta o'qituvchisi Gulnoraxon Ismanova Prezidentimizning xalq farovonligini yanada oshirishning eng muhim masalalari bo'yicha taklif qilingan bunday tashabbuslarning biri bo'lgan axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalari bo'yicha ilg'or fikrlarini va takliflarini bildirib o’tdi.
Ushbu jiddiy va mas’uliyatli tadbir davomida har bir professor-o'qituvchiga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI