Andijon Davlat
Universiteti
FIZIKA YO’NALISHI TALABALARI TOMONIDAN IZBOSKAN TUMANI YOSHLARIGA KO’RGAZMALI SEMINAR TASHKIL ETILDI
2019-04-13    2909

Bugun Fizika ta’lim yo’nalishi talabalari Izboskan tumani madaniyat va istirohat bog’ida tuman yoshlariga ko’rgazmali seminar tashkil etdilar. Ko’rgazmali seminar prezidentimizning yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish, yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalariga bag’ishlangan 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish doirasida tashkil etildi. 

Ushbu ko’rgazmali seminarda Fizika yo’nalishi 3-bosqich talabalari tuman yoshlariga  o’zlari tomonidan yaratilgan ijod namunalari namoyish etib, o’quvchilarni ijod na’munalari bilan birma-bir tanishtirib o’tdilar hamda ularni yasash jarayonida fizik qonuniyatlarning ahamiyati, qanday qonuniyatlarga, tajribalarga asoslanganliklari bo’yicha ishtirokchilarga keng tushunchalar berib o’tishdi. Bu sohaga qiziquvchi maktab o’quvchilari esa talabalarimizga o’zlarini qiziqtirgan uskunalar haqida  savollarining barchasiga javob oldilar. 

 

Matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.