Joriy yilning 10-aprel kuni Andijon tumani 12-musiqa maktabida “Tafakkur sinovlari” respublika ko’rik-tanlovining Andijon viloyati oliy ta’lim muassasalari o’rtasida hududiy saralash bosqichi bo’lib o’tdi. Ko’rik-tanlovda Andijon davlat universitetining ijtimoiy-iqtisodiyot, filologiya, maktabgacha ta’lim fakulteti talabalaridan tuzilgan “Andijon yoshlari” jamoasi ishtirok etdi. Tanlov turli xil qiziqarli va intellektual, badiiy va huquqiy masalalarni ichiga olgan shartlar asosida o’tkazildi. Yakuniy natijalarga ko’ra Andijon davlat universitetining “Andijon yoshlari” jamoasi an’analarga sodiq qolgan holda 1-o’rinni qo’lga kiritdilar.
Universitetimizning “Andijon yoshlari” jamoasi “Tafakkur sinovlari” Respublika ko’rik-tanlovining final bosqichlarida eng sovrindor jamoa hisoblanib, 2016-yilda 1-o’rin, 2017 va 2018-yillarda esa 3-o’rinni qo’lga kiritgan.
"Andijon yoshlari" jamoasiga tanlovning keyingi bosqichlarida omad va zafarlar tilaymiz! Shu o'rinda kerakli sharoitlarni yaratib berayotgan universitet ma'muriyatiga, jamoani tanlovga har jihatdan tayyorlab, tashkiliy masalalarni hal qilishda jonbozlik ko'rsatayotgan Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari A.Badalovlarga minnatdorchilik bildiramiz.
Ma’lumot o’rnida shuni aytish lozimki, “Tafakkur sinovlari” Respublika ko’rik tanlovi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyulda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106 Farmoni, shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tizimida 2018 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi” ijrosini ta‘minlash hamda oliy ta‘lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarni O‘zbekistonning eng yangi tarixi davri siyosat va huquq sohalarida amalga oshirilgan islohotlar, o‘zgarishlar va erishilgan yutuqlar bo‘yicha tarix, siyosiy-huquqiy bilimlari darajasini aniqlash, nazariy bilimlarini hayotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularga o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida har yili an’anaviy tarzda o’tkazilib kelinadi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI