Andijon Davlat
Universiteti
TABRIKNOMA! BUGUN O'QUV-USLUBIY BOSHQARMA BOSHLIG'I MULLAJONOV RUSTAMJONNING TAVALLUD AYYOMI
2019-04-12    3261

Bugun Andijon davlat universiteti o’quv-uslubiy boshqarmasi boshlig’i, matematika kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi Mullajonov Rustamjon Vahobjonovichning tavallud kuni. Bu bilan Rustamjon Mullajonovni muborakbod etamiz.

Yosh bo’lishiga qaramay universitet o’quv-uslubiy, ilmiy, ijtimoiy-ma’naviy hayotida o’ziga xos o’ringa ega bo’lgan R.Mullajonov o’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i sifatida universitetda o’quv jarayonini tashkil etish hamda samarali olib borishda salmoqli mehnat qilib kelmoqda.

Rustamjon Mullajonovga uzoq umr, mustahkam sog’lik, mashaqqatli hayot yo’llarida qoqilmay ildam borishini tilab qolamiz. Yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin!!!

 

Jamoa nomidan Azamatjon Mamatyusupov
O'quv sihlari bo'yicha prorektor
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.