Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA KELAJAK LOYIHALARI USTIDA ISH OLIB BORILMOQDA
2019-04-11    3395

2019 «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» da universitet jamoasi yana bir yirik yutuqni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 martdagi “Xalqaro Rivojlantirish Assotsiatsiyasi ishtirokidagi oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2848-son qarorining bajarilishi bo‘yicha Jahon banki tomonidan mabalag‘lar ajratilgan edi. “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash” loyihasining Akademik innovatsiyalar fondi tashkil etilib 2018 yil davomida loyihalar tanlovi o‘tkazildi. Mazkur tanlovda Andijon davlat universitetining “Qayta tiklanadigan energiya manbalarining fizikasi va atrof muhit barqarorligi bo‘yicha magistrlik dasturini takomillashtirish orqali talabalarning ijodiy va innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish” mavzusidagi loyihasi (Loyiha rahbari ADU professori R.Aliyev) g‘olib deb topildi.

Loyiha 2019-2020 yillar davomida Jahon banki mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilib, uning qiymati 140 000 AQSh dollarini tashkil etadi.

Loyiha rahbari, texnika fanlari doktori, professor R.Aliyev ushbu loyihaning tub mohiyatini tushuntirar ekan, - “endilikda mamlakatimizda ham bu sohada jahon miqyosida raqobatbardosh, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash imkoniyati yaratilmoqda. Loyiha mablag‘lari hisobiga ilmiy laboratoriya qayta jihozlanib, professor o‘qituvchilar Yevropaning eng taniqli universitetlarida malaka oshiradilar,  Yevropa universitetlarining yetakchi professorlari universitetimizda ma’ruzalar o‘qiydilar, yoshlarning tadqiqotlariga ilmiy rahbarlik qiladilar, kadrlar tayyorlashda “ta’lim – fan – ishlab chiqarish” integratsiyasi kuchaytiriladi. Boshqacha aytganda, yangi loyiha vatanimiz miqyosida joriy etilayotgan “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash” loyihasining ikki bosh yo‘nalishdagi tanlovlari: “Oliy ta’lim muassasalari va sanoat aloqasini kuchaytirish” va “O‘qitish amaliyotini takomillashtirish” vazifalarini hal etishga yo‘naltirilgan. Loyihani amalga oshirish uchun universitetimiz tomonidan tashkil etilgan konsorsiumga mamlakatimizdagi nufuzli ilmiy tadqiqot institutlari, ishlab chiqarish korxonalari, Berlin texnika universiteti (Germaniya) va Sofiya kimyo-texnologiya va metallurgiya universitet (Bolgariya)lari kiritilgan” ligini aytib o‘tdi.

Ushbu loyihada ishtirok etish istagini bildirgan Fizika kafedrasi iqtidorli talabasi, Fizika ta’lim yo‘nalishi 2-bosqichida tahsil olayotgan Jasurbek G‘ulomov loyiha to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdi: - “universitetimizda so‘nggi yillarda zamonaviy fan yutuqlari asosida ta’lim olish va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun keng sharoitlar yaratilmoqda. O‘qituvchilarimiz ham ko‘plab xalqaro loyihalarda ishtirok etishmoqda. Bu shubhasiz, biz talabalarda ham ta’limni keyingi bosqichlarini davom ettirishga qiziqish uyg‘otmoqda. Ayniqsa, ustozlarimiz tomonidan ishlab chiqilgan ushbu loyiha Jahon bankining grantini yutib olishi ham ta’lim olishga ishtiyoqimizni yanada oshirdi. Men talabalar nomidan sifatli ta’lim olishimizga, ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanishimizga kerakli sharoitlar yaratib berayotgan davlatimizga, universitetimiz ma’muriyatiga katta rahmat aytaman. Jahon bankiga esa, mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadida kiritayotgan sarmoyalari uchun alohida minnatdorchilik bildiraman”.

Bugungi kunda mamlakatimizda innovatsion yangilanishlar jarayonida Andijon davlat universitetining yangi investitsion yutug‘i shubhasiz, oliy ta’lim sifatini va ilmiy tadqiqotlar salohiyatini jahon miqyosiga olib chiqishga hamda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.

 

Matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.