Andijon Davlat
Universiteti
O’SH DAVLAT UNIVERSITETI VAKILLARI UNIVERSITETIMIZGA TASHRIF BUYURDI
2019-04-10    3865

Andijon davlat universiteti hamda O’sh davlat universiteti o‘rtasida imzolangan memorandumga muvofiq 2019-yil 9-aprel kuni O’sh davlat universitetining 12 nafar professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va talabalardan tashkil topgan delegatsiya Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdi. Dastlab mehmonlarga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘rtaga tashlangan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha tushuncha berildi.

Mehmonlar bu tashabbuslar bo‘yicha juda iliq fikr bildirdilar. Mehmonlarga ham universitet professor-o’qituvchilari tomonidan chop etilgan ilmiy va o’quv adabiyotlari sovg’a qilindi.

Mehmonlarga universitetimiz tanishtirilib, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “RENES” loyihasi ilmiy labaratoriyasi tanishtirildi.

Shundan so‘ng, universitetning kichik majlislar zalida Tabiy fanlar fakulteti, jismoniy madaniyat, Ijtimoiy iqtisodiyot fakultetlari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda mehmonlarning safaridan ko‘zlangan maqsad tegishli sohalar va ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha master klass va ilmiy ma’ruza darslarini tashkil etish ekanligi aytib o‘tildi.

Shundan kelib chiqqan holda mazkur fakultetlarda dars va ma’ruzalar o‘tish uchun fakultetlarga ajratildi. Ular Andijon davlat universitetining Ijtimoiy iqtisodiyot va Tabiiy fanlar fakultetlari talabalariga mutaxassislik fanlaridan turli mavzularda ma’ruzalar o‘qishdi. Ma’ruzachi professor-o‘qituvchilarga universitet rektori tomonidan ma’ruza darslarini tashkil etganligi haqida sertifikatlar berildi.

Tashrifning yakunlovchi qismida mehmonlarga Andijon davlat universitetida joylashgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurishdi, Mehmonlarni muzey direktori, professor R.T.Shamsutdinov muzey faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. Mehmonlar qatag‘on qurbonlari hamda Andijon o‘tmishi bilan bog‘liq muhim tarixiy ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.                                        

F.Alimov  
Xalqaro xamkorlik bo‘limi boshlig‘i
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.