Andijon Davlat
Universiteti
TANIQLI PROFESSOR UNIVERSITET TALABALARIGA DARS BERMOQDA
2019-04-09    3072

Mamlakatimizning istiqbolini ta’minlash uchun zamon talablariga javob bera oladigan malakali, raqobatbardosh, yuksak bilimli, mustaqil fikrlay oladigan, yuksak ma’naviyatga ega bo’lgan yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash va kelajakda iqtisodiyot va fanni rivojlantira oladigan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanmog’i lozim. Bugun buning uchun kerakli barcha resurslar safarbar etilmoqda. Ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarining integratsiyasiga oliy ta’lim taraqqiyotining kafolati sifatida qaralmoqda.

 

Bu borada Andijon davlat universiteti ham xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan bir qatorda mamlakatimizning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarinin o’rnatgan. Xususan, M.Lomonosov nomli MDU Toshkent filiali bilan ham ancha yillardan buyon samarali hamkorlik aloqalari olib borilmoqda. Ikki oliygoh o’rtasida ta’lim sifatini yanada yaxshilash maqsadida akademik va ilmiy hamkorlik o'zining ijobiy natijalarinin bermoqda.

M.Lomonosov nomli MDU Toshkent filiali professori, taniqli olim A.Abdushukurov universitetimizning Matematika yo’nalishi 3-bosqich talabalariga Matematik statistika fanidan 16 soatlik ma’ruza mashg’ulotlarini olib bordi. Professor darslari davomida talabalarga Matematik statistika fanining dolzarb masalalari, so’nggi yillarda fandagi yangilik va o’zgarishlarni yetkazib, fanning eng daqiq nuqtalariga qadar tushuntirishga harakat qildi.

Professor A.Abdushukurov darslar so’nggida talabalarimizga o’zining so’nggi yillarda nashr qilingan darslik va o’quv qo’llanmalaridan sovg’a qildi. Shuningdek, professor bilan kelgusida tayanch doktorant va magistrantlarga ilmiy rahbarlik qilish bo’yicha kelishib olindi. Bu hamkorlik aloqalari bo’yicha ikki nafar kafedra professor-o’qituvchilarining PhD dissertatsiyasiga A.Abdushukurovni ilmiy rahbarlikka tayinlash ham asosiy ko’zlangan maqsadlardan ekanligi nazarda tutildi.

Rasulova Madinabonu, Saidjon Qosimjonov
www.adu.uz muxbirlari
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.