Andijon Davlat
Universiteti
TALABALAR TURAR JOYIDA “YOSH KITOBXON” TANLOVI TASHKIL ETILDI
2019-04-06    3505

Andijon davlat universiteti 2-TTJda Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarini yangi tizim asosida yo’lga qo’yish bo’yicha ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusning to’rtinchisi - “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarini tashkil etish, yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, bilimli yoshlarni rag’batlantirish maqsadida fakultetlararo “Yosh kitobxon” tanlovi o’tkazildi. Tanlovni tashkillashtirishda Pedagogika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari yaqindan ko’mak berdi.

Tanlovda pedagogika, jismoniy madaniyat, tarix va tabiiy fanlar fakultetlarining 2-TTJ da turuvchi talabalari ishtirok etdilar. Har bir jamoada 6 nafardan ishtirokchi qatnashdi va o’zlarining bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.

“Yosh kitobxon” tanlovini tabiiy fanlar geografiya yo’nalishi talabasi Shokirov Nurmuhammad  olib bordi. Har bir jamoa badiiy adabiyotlardan berilayotgan savollarga javob topishga, o’z fakulteti sha’nini himoya qilishga kirishishdi. Ularni kitobxonlik bilimini pedagog tarbiyachisi Arofatxon Latipova, Xayotbek Shahobiddinov, G’ayratbek Abdullayev, Axror Zokirjonov, Odina Mirzaxalilovalar odilona baholab bordilar.

Tomoshabinlarni yanada qiziqtirish maqsadida tomoshabinlarga ham savollar bilan murojaat qilindi va ushbu savollarga javob bergan talabalar faxrliy yorliq va badiiy kitoblar bilan taqdirlandilar.

Tanlov natijasiga ko’ra Pedagogika fakulteti faxrli 1-o’rinni egalladi ko’chma kubok va yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va m’rifat bo’limi tomonidan diplom va badiiy kitoblar to’plami bilan mukofotlandilar. Har jamoada faol ishtirok etgan talabalar alohida faxriy yorliq va badiiy kitoblar taqdim etildi.

 

Hilola Yuldasheva, Omonboyeva Muxlisa
www.adu.uz muxbirlari 
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.