Andijon Davlat
Universiteti
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETIDA MINI FUTBOL BO'YICHA "DEKAN KUBOGI - 2019" G’OLIBLARI ANIQLANDI
2019-04-06    3309

Andijon davlat universiteti Fizika-matematika fakultetida Prezidentimiz Shavkat  Miromonovich Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida belgilab berilgan "Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobilyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo'naltirish" vazifasi ijrosini ta'minlash, talaba yoshlarni sportga jalb qilish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, ular orasida sportning futbol turini rivojlantirish maqsadida mini futbol bo'yicha "Dekan kubogi -2019" o’yinlari boshlangani haqida xabar bergan edik.

Mazkur musobaqa qizg’in kurashlarga boy tarzda o’tdi. Ayniqsa, baxslarning final bosqichi kutilgandanda yuqori kayfiyatda bo'lib o'tdi. "MexMat" va "3 IAT" jamoalari o'rtasida murosasiz kechgan final baxsida asosiy va qo'shimcha taymlarda ham hisob ochilmadi. G'oliblik uchun kurash penaltilar seriyasida davom etdi va 1:0 hisobi bilan “3 IAT” jamoasi g’alaba qozondi.

"MexMat" jamoasi esa munosib qarshilik ko’rsatishiga qaramay yakunda 2-o'rinni egalladi. Ahamiyatlisi "Dekan kubogi – 2019" taqdirlash marosimlarida g’olib va sovrindorlarga badiiy kitoblar to’plami sovg’a qilindi.

Bu esa yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilishga yo'naltirilgan tizimli ishlarning davomi bo’ldi desak, mubolag’a bo’lmaydi.

 

 

Tursunov Olimjon
Fizika-matematika fakulteti talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.