Andijon Davlat
Universiteti
TALABALAR BILAN OCHIQ MULOQOTLAR O’TKAZILMOQDA
2019-03-28    3413

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus vazirligi tomonidan O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 5-bandida ko’zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida pedagogika fakultetida “Ochiq muloqot oyligi” doirasida fakultet dekani, dekan o’rinbosarlari, professor-o’qituvchilar hamda talaba yoshlar bilan davra suhbatlari, ochiq muloqotlar o’tkazilib kelinmoqda.

Navbatdagi uchurashuv bugun fakultet faollar zalida tashkil etildi. Unda pedagogika fakultetining dekani va dekan o’rinbosarlari, yoshlar ittifoqining fakultet yetakchisi va faollari, kafedra mudirlari, guruh murabbiylari hamda 2-bosqich talabalari ishtirok etdilar. Dastavval uchurashuvda fakultet dekani Ch.Shokirova so’zga chiqib, talabalarga bugungiday muloqotlarning doimiy yo’lga qo’yilganligi va doimiy tarzda o’tkazilib borilishi, bugungi muloqotda fakultetda tahsil olayotgan 2-bosqich talabalari bilan ularning qiziqishlari, o’ylantirayotgan masalalari, yechimini kutayotgan muammolarga e’tibor qaratilishi haqida tushuncha berib o’tdi.

Shuningdek, fakultet dekanining yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari Q.Nuriddinov ham uchurashuvda o’z fikr mulohazalari bilan ishtirok etdi.  Talabalarning oldida turgan asosiy masala o’qish bilan bir qatorda ma’naviy-ma’rifiy ishlarda faol ishtirok etish ham katta ahamiyatga ega ekanligini, har bir talaba ta’lim muassasida odob axloq qoidalariga amal qilishi kerak ekanligini ta’kidlab o’tdi.

Ochiq muloqot chog’ida faol talaba yoshlar mavjud muammolarini va bu borada o’zlarining taklif va mulohazalarini bildirdilar. Jumladan, uzoqdan qatnovchi, va talabalar turar joyiga ehtiyoji bor talabalar uchun fakultet hududidagi “Talabalar turar joyi”ni ishga tushirish masalasi ko’tarildi. Fakultet ma’muriyati tomonidan shu va shu kabi masalalar yuzasidan talabalar fikri eshitilib, ushbu muammolarni bartaraf etish bo’yicha tegishli amaliy harakatlar olib borish belgilab olindi. Uchrashuv yakunida esa ta’lim tizimiga yangiliklar kiritilishi to’g’risida talabalar ko'plab o’z taklif va fikrlarini aytib o'tdilar.

 

 

 

Rasulova Mukarramoy, Yuldasheva Hilola
www.adu.uz muxbirlari
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.