Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA “XXI ASRDA PSIXOLOGIYA FANININING DOLZARB MASALALARI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA BO’LIB O’TDI
2019-03-28    4805

Zamon shiddat bilan rivojlanmoqda, zamon bilan birga yoshlarimiz ham har tomonlama o’sib bormoqda. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev aytib o’tganlaridek, farzandlarimizni mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilm va kasb-hunarlarni chuqur egallaydigan, mustaqil pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash hamisha dolzarb masalalardan biri bo’lib kelayotganligini anglanilgan holda yoshlarga katta e’tibor qaratilmoqda. Kelgusi avlodni barkamol shaxs bo’lib yetishishi uchun mamlakatimizda ta’limning barcha sohalari tubdan isloh qilinmoqda. Shu jumladan psixologiya sohasini rivojlantirish borasida ham katta ishlar amalga oshirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining “O’quvchilarni psixologik-pedagogik qo’llab-quvvatlash isharini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi qaror loyihasining ishlab chiqilishi esa bunga misollardan biridir.

Kecha, 27-mart kuni Andijon davlat universitetida ham ayni shu masalalarga qaratilgan “XXI asrda psixologiya fanining dolzarb masalalari: muammolari va yechimlari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi. Anjumanni Andijon davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti dekani O’.Ubaydullayev ochib berdi.

Anjuman davomida turli oliy ta’lim muassasalari va amaliyotchi psixologlari ayni damdagi psixologiya fanining dolzarb muammolari, uning yechimlariga doir dolzarb va shu bilan birga qiziqarli ma’ruzalar qilib, o’z fikrlari va takliflarini bildirdilar.

Xususan, dastlab psixologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori G.Tojiboyeva “Maktab psixologining nizoli vaziyatlarda psixokorreksion faoliyati” mavzusida ma’ruza qildi. Bugungi kunda maktablarda nizoli vaziyatlardan qochishni nizolardan qutulishni asosiy chorasi sifatida qarash mavjud bu esa, nizolarni hal etmaydi balki, uni ildiz otishiga, kuchayishiga olib keladi, - deya ta’kidladi ma’ruzachi. Nizo aslida rivojlanish belgisi bo’lib, uni korreksiya qilish orqali ijtimoiy-psixologik vaziyatni ijobiy tomonga o’zgartirish mumkin ekanini ta’kidladi.

Shu bilan birga o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik, pedagogik Respublika tashxis markazi rahbari L.R.Gaynuddinova o’z ma’ruzasida bolalarni yoshligidan kasb-hunarga yo’naltirishda yangi milliy psixologik dastur ustida ish olib borilayotganligini, bu dastur asosida hududlarda mehnat resurslarini to’g’ri tayyorlash va taqsimlash imkonini berishini, bu orqali esa iqtisodiy taraqqiyotni yanada tezlashtirish mumkin ekanini jonli misollar orqali tushuntirdi.

Farg’ona PHTXMOM dotsenti, “Pedagogika, psixologiya va talim texnologiyalari” kafedrasi mudiri M.T.Qo’chqorov “Ta’lim tizimida psixologiya prinsiplarining ahamiyati” mavzusida qiziqarli ma’ruza qilib berdi. Shuningdek, iqtidorli talabalardan Soliyev Mirzohidjon ham olib borayotgan ilmiy izlanishlari natijalari va bu bo'yicha o'z taklif va mulohazalarini bildirib o'tdi. Shu bilan anjumanning birinchi qismi o’z nihoyasiga yetdi.

Kunning ikkinchi yarmida anjuman o’z ishini quyidagi sho’balarda davom ettirdi:

  1. Fuqorolik jamiyati sud huquq tizimi ijtimoiy-iqtisodiy sohalar va xavfsizlik tizimida psixologik xizmatning takomillashtirish masalalari.
  2. Uzluksiz ta’lim tizimida psixologik xizmatning dolzarb muammolari.
  3. Oila-maktab-mahalla institutlari faoliyatida amaliy psixologlar hamkorligi.
  4. O’quvchilar xulq-atvorida turli psixik og’ishlarni psixoprofilaktikasi va psixokorreksiyasi
  5. Sog’lom turmush tarzi va psixologik reabilitatsiya.

Anjumanda ko’tarilgan mavzular hamda professor o’qituvchilarimiz tomonidan qilingan ma’ruzalar psixologiya fanining rivojiga qo’shilgan ulkan hissa, talabalarimiz uchun esa katta bir dars bo’ldi desak adashmaymiz. O’ylaymizki kelgusida universitetimizda shu kabi ilmiy-amaliy anjumanlar yanada ko’plab tashkillashtiriladi.

Rasulova Mukarramoy
www.adu.uz muxbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.