Zamon bilan xamnafas bo’lish davr talabidir. Xar bir jabhada bo'lgani kabi, bugungi kunda ta’lim tizimiga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Endilikda masofada turib ta’lim olish deysizmi, yoki xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari va talabalari bilan o’zaro tajriba almashish uchun ham biz yoshlarga katta imkoniyatlar eshigi ochildi.
Kuni kecha Andijon davlat universiteti kimyo yo’nalishi talabalari uchun yana katta yangilik bo’ldi desak mubolag‘a bo'lmaydi. Ushbu yo'nalish talabalari uchun dars mashg‘ulotlari o'tish maqsadida Rossiya Fanlar Akademiyasi N.D.Zelinskiy nomidagi Organik kimyo instituti geterosiklik birikmalar laboratoriyasi mudiri, kimyo fanlari doktori, professor Mixail Mixaylovich Krayushkin hamda shu institutning nozik organik sintez laboratoriyasi mudiri, kimyo fanlari doktori, professor Oleg Alekseevich Rakitinlar tashrif buyurdilar.
Professor M.M.Krayushkin “Fotonika uchun moddalarni sintez qilish” mavzusida, professor O.A.Rakitin esa “Biologik faol geterosiklik birikmalar sintezi” mavzularida kimyo yo’nalishi talabalariga ma’ruza mashg’ulotlarini olib bordilar. Mashg’ulotda k.f.d., professor I.Asqarov, k.f.n., professor Sh.Kirgizov, dotsent Sh.Abdullayev, yosh professor-o’qituvchilar, magistrantlar, shuningdek, talabalar ishtirok etdilar.
Mashg‘ulot jarayoni juda ham qizg‘in kechdi. Talabalar ko'plab ma’lumotlarga ega bo'lish bilan birgalikda, yana o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. “O’zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilayotganimiz ikki tomonlama foydali bo'lmoqda. Andijon davlat universiteti talabalarining bilimga chanqoqligini yuqori baholaymiz, mashg‘ulot davomida ular bizni qiziqish bilan tinglab, dars tugaganiga qaramay, bizga bir-biridan ajoyib bo'lgan savollar berib tindirmadilar, - deya Mixail Mixaylovich Krayushkin kulib so’zini davom ettirdi, - o’ylaymizki, bizning olib borgan ma’ruza mashg’ulotimiz ularga manzur keldi, shuningdek, do'stona hamkorligimiz barchamizni ilmiy salohiyatimizni oshishiga olib keladi.”
Albatta bunday mashg‘ulotlarda talabalar ilm-fanning zamonaviy nazariyalari va tushunchalari bilan tanishadilar, bilimlarini oshiradilar, o'zaro tajriba almashadilar. Olib borilayotgan hamkorlik ishlari ta’lim tizimini yanada rivojlanishiga katta turtki bo’lmoqda, zero hamkorlik – taraqqiyot omilidir.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI