Bugun hayot sur’atlari jadallashib, globallashuv atalmish jarayon kechayotgan bir davrda, insonning ma’naviy qiyofasini shakllantirish, uning ongiga umuminsoniy va milliy qadriyatlarni joylash juda mushkul vazifa. Ayniqsa, yoshlarni globallashuvning salbiy ta’siridan asrash, radikalizm, missionerlik, ekstremizm hamda prozelitizm kabi umuman insoniy bo’lmagan yot g’oyalar ta’siriga tushib qolishini oldini olish kechiktirib bo’lmas ishdir.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan tasdiqlangan “Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish chora tadbirlar dasturi”ning ijrosini ta’minlash maqsadida kecha Andijon davlat universitetida hamkor tashkilotlar vakillari talabalar bilan “Biz radikalizm, missionerlik va prozelitizmga qarshimiz!” mavzusida ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvga viloyat prokuraturasi, O’zbekiston Musulmonlari idorasi viloyat bo’limi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo’limi, Andijon viloyati Madaniyat boshqarmasi, Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi viloyat bo’limi vakillari ishtirok etdilar.
Universitet rektori Akramjon Yuldashev kirish so’zida, - “bugungi kunda tinch osoyishta, o’z orzu istaklarini amalga oshirish uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan mamlakatimizda radikalistik, missionerlik va prozelitizm g’oyalarga o’rin yo’qligini, universitet yoshlari bu borada barcha tengdoshlariga to’g’ri yo’lni ko’rsatishi, targ’ib qilishi lozim”, - deya o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
Dastlab ma’ruzachilardan Andijon shahridagi “Imomi A’zam” masjidi imom-xatibi Isomiddin Shamsiddinov “Islomning mohiyati” mavzusida ma’ruza qilib, islom dinida birovga zarracha yomonlik qilish ham qoralanishi, islomofobiya g’oylarining suniiy tarqatilishi, yaqinda Yangi Zelandiyada yuz bergan terroristik aktning oqibatlari, bunga radikalizm kabi g’oyalarning ildiz otishi sabab bo’lganini tushuntirdi.
So’ngra Andijon davlat universiteti katta o’qituvchisi Ye. Babenko o’zining “Radikalizm va u keltirishi mumkin bo’lgan salbiy oqibatlar” mavzusida chiqish qilib, radikalizmning mohiyati, uning ildizlari qayerdan boshlangani, bugungi hayotimizga qay darajada havf solishi mumkin ekanligi hamda salbiy oqibatlarini jonli misollar orqali tushuntirib berdi.
Oila ilmiy-amaliy markazi viloyat bo’limi mudiri L.Jalolova “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalalari, missionerlik, prozelitizm, radikalizmga qarshi kurash”, Andijon viloyati madaniyat boshqarmasi yetakchi mutaxassisi M.Jaloliddinov esa “Yoshlar bandligini ta’minlash” mavzularida mazmunli ma’ruzalar qildilar.
Andijon viloyati prokuraturasi bo’lim katta prokurori, katta leytenant B.Mahmudov missionerlik va prozelitizm tushunchasi, kelib chiqishi, missionerlik harakatlarining huquqiy oqibatlarini aniq faktlar orqali tushuntirib, yoshlar o’zlari boshqa tengdoshlariga bu yo’lning ijtimoiy havfliligini tushuntirish orqaligina bunday illatlardan himoyalanishimiz mumkinligini bildirdi.
Uchrashuvda talabalar radikalizm, missionerlik va prozelitizmning diniy, ijtimoiy, huquqiy masalalariga oid muhim tushunchalar, uning salbiy oqibatlari haqida tegishli xulosalar chiqardilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI