Andijon Davlat
Universiteti
XONOBODDA NAVRO'Z SHUKUHI!
2019-03-18    4258

Yangilanish, yosharish faslida butun o'zbek xalqi sevib nishonlaydigan Navro'z bayrami bu yil Andijonda o'zgacha shukuhda kutib olinadi.

Navro'z bayrami O'rta Sharq va O'rta Osiyo mamlakatlarining qadimiy an'anasidir. 21-mart "Navro'z" bayrami munosabati bilan Xonobod shahrida tayyorgarlik avjida. Viloyatimizdagi barcha tashkilot vakillari, yosh-u qari ishtirok etishi kutilayotgan bayram tadbirlarida o'ziga xos milliy marosimlar o'tkazilishi, milliy taomlar va yeguliklar tayyorlanishi, milliy an'analarimizga xos bo’lgan sport o'yinlari, raqslar o'tkazilishi ko'zda tutilmoqda.

Xonobod shahrida joylashgan barcha ko’ngilochar joylarda bayram tadbirlari tashkil etish bo’yicha maxsus ishchi guruh faoliyat yuritib, viloyatimiz ahlini bayramni ko’ngildagidek, ko’tarinki ruhda kutib olish uchun hozirlik ko’rmoqda. Andijon davlat universiteti bayram tadbirlari o’tkazadigan hududda ham tayyorgarlik avjida. Hamma Navro’z bayramini yaxshi kayfiyatda, chiroyli o’tkazish uchun mehnat qilmoqda.

Shu o’rinda "Navro'z" bayramining tarixiga bir nazar solmoqchimiz. Navro'zning shakllanish davri – eng qadimgi zamonlardan "zardushtiylik"ning paydo bo'lishgacha davom etgan asrlarni o'z ichiga olgan ekan. Navro'z so'zi fors-tojik tilidan olingan bo'lib "Yangi kun" degan ma'noni bildiradi. Fasllar kelinchagi - bahorning shunday fusnkor damlarida uyg'onayotgan tabiat paytida "Navro'z"ni barcha O'zbekistonliklar nishonlaydi. Tadbirda barcha, yosh-u qari ishtirok etishi bizni quvontiradi. Axir Navro'z bayrami umumxalq bayramiga kiradi. Xotin-qizlar bizning milliyligimizni aks ettiradigan adras, atlasda bo'lishsa, erkaklar esa esa do'ppi va cho'ponlarda bo'lishi barchaga o’zgacha ko’tarinkilik bag’ishlaydi.

Bolalar varragi hayolni olgan,

Bodom gullaridan, quvonadi ko'z

Dillardan mutlaqo g'ubor yo'qolgan

Xush kelding bahor, xush ko'rdik Navro'z!

Anhorlar oqmoqda suvlarga to'lib

Shukronalik aytdim tinchlikni ko'rib.

Mustaqil diyorga, bezaklar bo'lib.

Xush kelding baxor, xush ko'rdik Navro`z!

Navro'zda ulashing ezgu tilaklar.

Axir tilak bilan, kamaymaydi so'z.

Bahor gullaridek yashnab yuraklar.

Xush kelding bahor, xush ko'rdik Navro'z!

Omonboyeva Muxlisa, Yuldasheva Hilola
www.adu.uz muxbirlari
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.