Andijon Davlat
Universiteti
“BIZ SOG‘LOM TURMUSH TARZI TARAFDORIMIZ!”
2019-03-01    5381

Filologiya fakultetida “Biz sog’lom turmush tarafdorimiz” shiori ostida jamiyat taraqqiyoti uchun xavf solayotgan OITS va OIV, sil, giyohvandlik kabi illatlarga qarshi kurashish va oldini olishga qaratilgan qator suhbatlar uyushtirildi. Suhbatlarda fakultet talabalari va bir qator tibbiyot sohasi vakillari ishtirok etdilar.  Fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari K.Shahobov ishtirokchilarga tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad haqida ma’lumot berib o‘tdi va Andijon viloyati tibbiyot maskanlaridan taklif etilgan mutaxassislarni talabalarga tanishtirib, tadbirni ochib berdi. Shundan so‘ng, universitet vrachi M.Isaqova tashkil etilgan muloqotning maqsad va vazifalari, mazmun-mohiyati to‘g‘risida talaba-yoshlarga tushuncha berib o‘tdi. Viloyat narkologiya dispanseri shifokorlari Sh.To‘raqulov, M.Ibragimjanov, X.Adilova, Viloyat OITSga qarshi kurashish markazi vrachi G.Isaqova, J.Mamadalieva,  ADTI Ftiziatriya kafedrasi katta o’qituvchisi D.Maksumova, assistentlar B.Batirova, Sh.Oripov, G’.Sultonov, ftiziatr G.Qodirova, ADU hamshirasi M.Shermatova, ADU Ibn Sino salomatlik maskani markazi boshlig‘i G.Mamatisaqovalar tadbir ishtirokchisi bo‘lgan talaba-yoshlarga shaxsiy gigiena, sog‘lom turmush tarzi, turli yuqumli kasalliklar, jamiyat taraqqiyoti uchun xavf solayotgan OITS va OIV, sil, giyohvandlik kabi illatlarga qarshi kurashish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari, tavsiya va maslahatlarini berib o‘tdilar.

Shundan so‘ng, filologiya fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari K.Shahobov bugungi tadbirda ko‘tarilayotgan mavzular yuzasidan talabalarga tushunchalar bergan holda, universitet shifokori M.Isaqova hamda Ibn Sino salomatlik maskani markazi boshlig‘i G.Mamatisaqovaga so‘z berdi.

ADU vrachi M.Isaqova so‘z olib, “Sog‘lom turmush tarzi asoslari” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada sog‘lom turmush tarzi asoslarini talabalar o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borish va ularning salomatligini mustahkamlash bo‘yicha tushunchalar berib o‘tdi.

Viloyat narkologiya dispanseri vrachi Sh.To‘raqulov, M.Ibragimjanov, X.Adilovalar “Yoshlar orasida giyohvanlikka qarshi kurashish va ular orasida giyohvandlikni oldini olish” yuzasidan talabalar o‘rtasida giyohvandlikning zararli oqibatlari, uning inson salomatligi uchun naqadar xavfli ekanligi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o‘tidilar.

     Viloyat OITSga qarshi kurashish markazi vrachi G.Isaqova, J.Mamadalieva “Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi” nafaqat bizning hayotimizda balki butun dunyo xalqlari uchun fojiali kasallik ekanligi to‘g‘risida aniq fakt va ma’lumotlar asosida tushuntirib berdi. Ma’ruza davomida ushbu kasallikning kelib chiqish sabablari va uni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida to‘liq ilmiy xulosa va tavsiyalar berib o‘tdi.

Shundan so‘ng, ADTI Ftiziatriya kafedrasi katta o'qituvchisi D.Maksumova, assistentlar B.Batirova, Sh.Oripov, G'.Sultonov, ftiziatr G.Qodirovalar sil kasalligi, uning kelib chiqish sabablari, yuqish yo'llari, bu kasallikning oldini olish bo'yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar to'g'risida yig'ilganlarga ko'rgazmali tarzda, batafsil ma’lumot berdi, tushuntirish ishlari olib bordi.     

Shu bilan birga, talabalar shaxsiy hayoti va faoliyati davomida sog‘lom turmush tarziga rioya qilmasliklari oqibatida yuqoridagi xavfli kasalliklarga duchor bo‘lishi mumkinligi uqtirildi.

Ma’ruza va chiqishlarda ta’kidlab o‘tilgan fakt hamda ma’lumotlardan kelib chiqqan holda, tadbirda ishtirok etgan talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan tibbiyot mutaxassislariga murojaat qildilar. Berilgan savollarga vrach-mutaxassislar tomonidan to‘liq va yetarli darajad javob olindi. Ular tomonidan bu kabi kasalliklarni oldini olish uchun talabalar sog‘lom turmush tarziga rioya qilishlari kerakliligi takidlab o‘tildi.

 K.Shahobov
Filologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.