Andijon Davlat
Universiteti
USTOZLAR EKKAN NIHOL BUGUN GULLADI
2019-02-26    5885

Kuni kecha Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida musiqa ta’limi yo‘nalishi birinchi bosqich talabasi Abdumajid Abdujalilovning “Ustozlar ekkan nihol bugun gulladi” deb nomlangan yakkaxon konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Mazkur iqtidorli talaba 2018-2019-o‘quv yilida qo‘shimcha imtiyozlar asosida o‘qishga qabul qilingan edi. Uning orzularidan biri oliy ta’limga o‘qishga kirgach, albatta o‘z konsert dasturini namoyish etish edi.

Orzulari yo‘lida tinmay harakat qilgan Abdumajid ota-ona, ustozlar ko‘magi bilan o‘z maqsadiga erishdi. To‘rt muchasi sog‘ tengdoshlariga o‘rnak bo‘lishga arziydigan bu talaba o‘z ustida tinmay ishlab, musiqa ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi Odinaxon Ma’mirova raxbarligida ijod na’munalarini namoyish eta oldi. Konsert dasturidan o‘rin olgan mumtoz, lirik ashula va qo‘shiqlar Abdumajid ijrosida maromiga yetkazib ijro etildi.

Dastur mehmonlari Toshkent davlat agrar univerisitetining Andijon filiali talabalaridan tashkil topgan “Og‘alar” jamoasining chiqishlari ham zavqli bo‘ldi. Mehnat ta’limi yo‘nalishi birinchi bosqich talabasi Nozanin Muxtorovaning qo‘shiqlarga mos raqslari tadbirga o‘zgacha zavq bag‘ishladi. Tadbir yakunida so‘zga chiqqan universitet rektori A.Yuldashev Abdumajid  Abdujalilovning ota-onasi, ustozlariga minnatdorchilik bildirdi hamda universitet rektorining “Tashakkurnoma”si, xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi, fakultet jamoasining esdalik sovg‘alarini topshirdi.

 

 

 

Q.Nuritdinov, D.Raimova
Pedagogika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari, Musiqa ta'limi kafedrasi o'qituvchisi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.