Andijon Davlat
Universiteti
KITOBGA MUHABBAT – MA’NAVIY KAMOLOT BELGISI
2019-02-23    10500

Kitob – insoniyatning madaniy va ma’naviy merosidir. «O’qing va o’rganing. Jiddiy kitoblarni o’qing, qolganini hayotning o’zi beradi» degan edi Fedor Dostoyevskiy. Haqiqitdan ham bugun o’qilishi zarur bo’lgan kitoblarni soni talaygina. Ammo, birovni majburlab kitob o’qitib bo’lmaydi, inson erkin fikr yuritishi, eng ezgu tuyg‘ularni qalbiga olib kirish uchun ham muntazam kitob mutolaa qilish kerak.

Mamlakatimizda yosh avlod o’rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ta’lim muassasalarida badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop va tarbiyaviy ahamiyatga ega adabiyotlar bilan ta’minlash, yoshlarda kitobsevarlik ruhini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Kuni kecha universitetimizda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikda yoshlarimiz o’rtasida haqiqiy an’anaga aylanib ulgurgan «Zukko kitobxon» ko’rik tanlovining fakultetlararo universitet saralash bosqichi bo’lib o’tdi. Fakultetlar ichidan saralanib olingan bilimli kitobxon yoshlar o’zaro jamoa bo’lib, birinchilik uchun astoydil kurash olib bordilar.

4 soat yaqin davom etgan qizg‘in va murosasiz o’tgan tanlovda barcha talabalar o’z bilimlarini  namoyon etishga harakat qildilar. Yakuniy natijalarga ko’ra 3-o’rinni Fizika-matematika fakulteti jamoasi, 2-o’rinni esa chet tillar fakulteti qo’lga kiritgan bo’lsa, 1-faxrli o’rinni filologiya fakultetiga nasib etdi.

G’olib jamoalar ishtirokchilari diplom va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar. Tabiiy fanlar va maktabgacha ta’lim fakulteti talabalari ham ushbu tanlovda faol ishtirok etib, o’z bilimlarini namoyon qildilar. Shuningdek, maktabgacha ta’lim fakulteti talabasi To’xtasinova Farida hamda tabiiy fanlar fakulteti talabasi Akbarov Xusanboylarning ishtiroki hakamlar va ishtirokchilar tomonidan alohida e’tirof etilib, ular esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Albatta, bunday tanlovlar yoshlarni bilimini sinovdan o’tkazish bilan birgalikda, ularni kitobga bo’lgan mehrini oshiradi.

 

Omonboyeva Muhlisa
www.adu.uz muxbiri 
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.