Andijon Davlat
Universiteti
BIRI OFTOB, BIRI MOHITOB
2019-02-16    3728

Ikki buyuk shaxslar, o'zbekning faxr va iftixorlari, ulug' siymolari Alisher Navoiy va Mirzo Bobur bobokalonlarimizning tavallud kunlari keng nishonlanmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Maktabgacha ta'lim fakultetida ham bo'lib o'tdi.

Tadbirni o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari Sh.A. Xasanov ochib berdi. Navoiy va Boburga atab yozgan o'z she'riy ijodini yig'ilganlarga o'qib eshittirdi.

Shundan so'ng, maktabgacha ta'lim 201 va 303- guruh talabalari guruh rahbarlari  Madinabonu Tairova va Turg'unoy Kaziyevalar boshchiligida tayyorlagan badiiy va ijodiy chiqishlarini namoyish qildilar.

Navoiyning ideal hukmdor haqidagi orzulari Bobur faoliyatida muayyan darajada aks etgan. Bobur o‘zi tuzgan “Buyuk imperiya”da islohotlar o‘tkazgan va mafkurasini mustahkamlagan. Buning nazariy asoslarini yaratish maqsadida diniy ‑falsafiy asarlar, harb ishiga oid kitoblar yozgan. “Mubayyin” va qator risolalari bunga dalildir.

Bobur o‘ziga ustoz deb bilgan Navoiy ijodini chuqur ixlos bilan o‘rgangan, ko‘pgina g‘azallarini yod olgan. “Boburnoma”ning 1499–1500 yillarga bag‘ishlangan bobida ruhiyatida vujudga kelgan bezovtalik haqida bunday yozadi: “Gohi telbalardek yolg‘uz pushta va dashtqa borur edim. Gohi bog‘ot va mahallotni ko‘cha-bako‘cha axtarur edim. Ne yurumoqta ixtiyorim bor edi, ne o‘lturmoqta, ne bormoqta qarorim bor edi, ne turmoqta.

Ne borurg‘a quvvatim bor, ne turarg‘a toqatim,

Bizni bu holatqa sen qilding giriftor, ey ko‘ngul”. 

Ushbu misralar Navoiyning “Navodir ush-shabob” devonidagi (385-raqamli) g‘azalning uchinchi baytidir. Ruhiyatiga mos kelgan baytini eslagani Bobur bu g‘azalni to‘liq yod olganini bildiradi. Bobur Navoiy ijodini chuqur bilgani uning lirikasida ham aks etgan:

 Oshiq o‘lg‘och ko‘rdum ul shamshod qaddin yuz balo,

“Olloh, Olloh, ishq aro mundoq balolar bor emish”.

 Ushbu tadbir asnosida yuqoridagi kabi foydali va qiziqarli ma'lumotlar aytib o'tildi, eslatildi.

Tadbirni ushbu kecha to'g'risida iliq munosabat bildirgan holda fakultet dekani p.f.d Ziyodaxon Azimova yakunlab berdi.

O'tkazilgan badiiy-ijodiy kecha talabalarga bir olam tassurotlar berdi, qalblarda vatanparvarlik ruhini yana bir karra jonlantirishga xizmat qildi.

Ikromova Nozima
BTSTI 206-guruh talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.