O‘zbekiston Milliy universiteti, Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017. Tar.01.04 raqamli Ilmiy kengash yig‘ilishida tarix fanlari doktori, professor Shamsutdinov Rustambek Temirovich ilmiy maslahatchiligida Andijon davlat universiteti dotsenti Abdullaev Muzrobjon Gulamovichning “O‘rta Osiyodagi maxsus posyolkalar tizimi va surgun qilingan quloqlar taqdiri” (1930-1954 yillar) (07.00.01 – O‘zbekiston tarixi) mavzusidagi tarix fanlari doktori (DSс) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy ish muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash raisi, tarix fanlari doktori, professor A.A.Mavrulov ochib, qatnashchilarni kun tartibi bilan tanishtirdi.
Tadqiqotchi M. Abdullaev doktorlik dissertatsiyasining maqsadi va ahamiyati bilan tanishtirar ekan, XX asrning 30-50- yillarida sovet jamiyatida yuz bergan siyosiy qatag‘onlar, majburiy kollektivlashtirish va uning oqibatlari masalasi hozirda nafaqat MDH davlatlarida, balki dunyoning ko‘pgina rivojlangan davlatlarida dolzarb muammo sifatida o‘rganilayotganini ta’kidladi.
Ushbu tadqiqot ishiga fikr va mulohaza bildirgan rasmiy opponentlar tarix fanlari doktorlari, professor Xasanov Baxtiyor Vaxapovich, Xaitov Shadmon Axmadovich va Tashmanbet Kenensarievlar ishning yutuq va kamchiliklari haqida gapirib, dissertantga o‘z maslahatlarini aytib o‘tdilar.
Dissertant asosiy taqrizchilarning chiqishlariga o‘z munosabatini bildirgach, dissertatsiya ishi bo‘yicha so‘zga chiqqan norasmiy opponentlar t.f.d., prof. Q.Rajabov, i.f.d., prof. K.Iminov, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti huzuridagi “Muras” jamg‘armasi raisi, t.f.n., prof. K.Moldokasimov va boshqalar tadqiqot ishining dolzarbligi, ushbu ish qatag‘on siyosatini tadqiq va tahlil qilayotgan Andijon maktabining shu yo‘nalishdagi navbatdagi yutug‘i ekanligi xususida gapirib, dissertant va dissertatsion ish haqidagi o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
Dissertatsiya ishi muhokamasi yakunlangandan so‘ng Ilmiy kengash a’zolarining yopiq yashirin bergan ovozlariga ko‘ra M.Abdullaevning “O‘rta Osiyodagi maxsus posyolkalar tizimi va surgun qilingan quloqlar taqdiri” mavzusidagi tarix fanlari doktori ilmiy darajasi uchun yozilgan tadqiqoti OAK tomonidan belgilangan talablarga to‘la javob berishi va dissertant tarix fanlari doktori ilmiy darajasiga munosib ekanligi e’tirof etildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI