Andijon Davlat
Universiteti
NEMIS TILIDA NOTIQLIK SAN'ATI TANLOVI
2019-01-28    5239

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2018 yil 18 yanvardagi 04-4/2265-sonli xatiga va Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi Elchixonasining 2019 yil 14 yanvardagi 25/2019-sonli bayonnomasiga muvofiq biz Germaniya Federativ Respublikasining elchixonasi tomonidan o‘tkazilayotgan nemis tilida notiqlik (oratorlik) san’ati tanlovi haqida e’lon qilamiz.

Ushbu tanlov respublikamiz oliy o‘quv yurtlarida xorijiy tillarni o‘qitish tizimini takomillashtirishning maqsad va vazifalariga javob beradi va talabalarning chet tillari bo‘yicha bilimlarini oshirishga, shuningdek, o‘qituvchilarni tayyorlashga yordam beradi.

Shuni ta’kidlash joizki, nemis tilidagi notiqlik (oratorlik) san’ati tanlovi yillar davomida Germaniya elchixonasida o‘tkazilib kelinmoqda.

Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqich 2019 yil 8 fevral kuni respublika oliy o‘quv yurtlarida bevosita o‘tkaziladi. Tanlovning ikkinchi bosqichi 2019 yil 4 mart kuni Toshkentdagi Germaniya elchixonasining majlislar zalida bo‘lib o‘tadi. Unda birinchi bosqich g‘oliblari qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.

Viloyatlardan kelgan  ishtirokchilarning Toshkentni sayohat qilish, turar joy va oziq-ovqat bilan bog‘liq sarf-harajatlari elchixona tomonidan qoplanadi.

Ishtirokchilarga quyidagi 4 ta mavzu tanlash uchun taklif qilinadi:

- Navro‘z bayrami haqida nimalarni bilasiz? Qanday an’analar mavjud va uni siz qanday nishonlaysiz? Nemis bayramlarini Navro‘z bayrami bilan solishtirish mumkinmi?

- Tarixni qayta ko’rib chiqish mumkinmi, agar mumkin bo’lsa, eski binolarning buzilishi hisobiga shahar tarixi yo’qolib ketmaydimi?

- May oyida Germaniyaning Federal Prezidenti O‘zbekistonga keladi. Ushbu safardan qanday natijalar kutmoqdasiz? Ayniqsa, nemis-o‘zbek munosabatlari qanday sohalarda rivojlanishi mumkin? Siz qiyinchiliklarni nimalarda ko‘rasiz?

- O‘zbekiston va Germaniyada oliy ta’lim tizimi. Har ikkala tizimning afzalliklari va kamchiliklari qanday?

Har bir ishtirokchiga mavzu bo‘yicha gapirish uchun 5 daqiqa vaqt beriladi.

 

Ushbu tanlovda ishtirok etmoqchi bo’lgan talabalar 2019-yil 6-fevralga qadar Xalqaro hamkorlik bo’limiga uchrashlari so’raladi.

 

Qo‘shimcha ma’lumot uchun Xalqaro hamkorlik bo‘limi (128-xona) bilan bog‘laning.

Telefon: + 998 90-217-20-76

   

 

Farhod Alimov
Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.