Andijon Davlat
Universiteti
"YIL TALABASI" G'OLIBLARI ANIQLANDI
2019-01-17    4290

Joriy yilning 16-yanvar kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilgan “Yil talabasi” respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovni o‘tkazilishidan asosiy maqsad jamiyatga va davlatimizga yetuk, yosh raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, talabalarda tashabbuskorlik, vatanparvarlik va jamoatchilik faoliyatini qaror toptirish, shuningdek, talabalik nufuzini oshirishdan iborat.

Tanlov shartlariga ko’ra talaba-yoshlar fanlarni o‘zlashtirish natijalari, jamoatchilik ishlari, erishgan yutuqlari, ilmiy va ijodiy ishlari, darslardagi ishtiroki va faollik darajasiga ko‘ra baholandi.

Tanlov natijalariga ko’ra Andijon davlat universiteti talabasi, boks bo’yicha O’zbekiston va Osiyo chempioni, Jahon chempionati kumush medali sovrindori, “Mard o’g’lon” ko’krak nishoni sohibi Iqboljon Xoldorov “Yilning sportchi talabasi” nominatsiyasida 3-o'rinni qo'lga kiritdi.

Kelajakda Iqboljondan bundanda katta yutuqlarni kutib qolamiz!

Sh.Hoshimjonov
ADU matbuot kotibi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.