Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo’mitasi tomonidan tashkil etilgan “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi eng faol deputat” tanlovining respublika bosqichida xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, tarix fanlari nomzodi, universitet xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo’mitasi mutaxassisi Smesova Yekaterina Aleksandrovna ishtirok etdi. Ishtirokchilar tanlov Nizomida belgilangan 10 ta mezon bo’yicha baholandilar. Tanlov ishtirokchilari o’z taqdimotlarida qilayotgan ishlarini video-fotolavhalar, diagramma-jadvallar orqali namoyish etishdi. Hakamlar ҳay’ati a’zolarining turli yo’nalishlar bo’yicha bergan savollariga javoblar berishdi.
Ekaterina Smesova xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining Yoshlar masalalari bo’yicha doimiy komissiya raisi sifatida saylovchilarning barcha murojaatlarini atroflicha o’rganib, tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda ijobiy ҳal etishga harakat qilib kelmoqda. Uning taqdimot davomida bildirgan fikrlari hakamlar hay’ati a’zolarida ham, ommaviy axborot vositalari xodimlarida ham katta qiziqish uyg’otdi.
Qizg’in baxs va munozaralarga boy tarzda o’tkazilgan tanlovda Smesova Yekaterina Aleksandrovna faxrli 3-o’rinni egalladi.
Tanlovning g’olib va sovrindorlariga maxsus diplomlar, “Damas” avtomobili, zamonaviy kompyuter va televizorlar taqdim etildi. Tantanali taqdirlash marosimi partiya faollarining yangi yil bayrami bilan birgalikda to’kin dasturxon atrofida tashkil etildi. Xushovoz xonanda sozandalarning kuy-qo’shiqlari tadbirga o’zgacha zavq bag’ishladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI