Xabaringiz bor Prezidentimiz 2018-yil 28-dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasini yo'lladi. Ta'bir joiz bo'lsa, ushbu hujjatni 2019 yilda amalga oshiradigan ishlarimizning yo'l xaritasi deyishimiz mumkin. Shu bois, ushbu Murojaatnoma mazmun mohiyatini keng xalq xalq ommasiga, jamoatchilikka yetkazish muhim masaladir. Andijon davlat universiteti professor-o‘qituvchilari ham ziyolilar vakillari sifatida ommaviy axborot vositalarida chiqishlar uyushtirmoqdalar, bevosita joylarga chiqib ko'plab davra suxbatlari o'tkazib, ma'ruzalar o'qimoqdalar. Xususan, kuni kecha universitetimiz professor-o'qituvchilari Andijon viloyat teleradiokompaniyasining ''Xalq bilan yuzma yuz'' dasturida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasiga bag‘ishlangan sonida ishtirok etdilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI