Andijon Davlat
Universiteti
AYOL – BUTUN OLAMNING ONASI
2018-12-28    4093

"Ayol – butun olamning onasi. Farzand tug'ib bergani uchun emas, eng muhimi, insonni tarbiyalagani, unga hayotning eng ulug' quvonchlarini baxsh etgani uchun ham uni ulug'lab "Ona" deb ataymiz" degan edi buyuk rus yozuvchisi M.Gorkiy. Ayollarni yuksak ehtirom ila ulug'lash, insoniy qadr-qimmatini joyiga qo'yish qadimdan, asrlar davomida ajdodlardan avlodlarga o'tib kelmoqda. Ayol qadri ijtimoiy hayotda o'z o'rnini topmas ekan bunday jamiyatda bunyodkorlik, taraqqiyot va barqarorlik hukmronlik qilishi mumkin emas. Mamlakatimizda ham ayollarimizning manfaatlarini himoya qilish, onalik va bolalik muhofazasini ta'minlash, ularning jamiyatdagi mavqeyi va faolligini oshirish, yaratilgan shart-sharoitlarni yanada kuchaytirish davlatimiz siyosatining muhim yo'nalishlaridan biriga aylandi va hozirda ham davom etib kelmoqda. Bunga ko'plab misollar keltirishimiz mumkin. Bugun ham Andijon Tibbiyot institutining majlislar zalida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligi hamda "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi" qabul qilinganligining 70 yilligi munosabati bilan shahar hokimligi, xotin-qizlar qo'mitasi va "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Andijon shahar bo'limi tomonidan "Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va oilalarni mustahkamlashda davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligining ahamiyati" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi.

Mazkur anjumanda mavzu bo'yicha oliy ta'lim muassasalarning professor-o'qituvchilari hamda olim va olimalar tomonidan ma'ruzalar o'qib eshittirildi. Anjuman davomida esa ayollarni qiynayotgan muammolar, ularni bartaraf etish yo’llari va hozirgi kunda yaratilayotgan imkoniyatlar to'g'risida davra suhbati o'tkazildi. Suhbatda anjuman ishtirokchilari o'z fikrlari va takliflarini aytib o'tdilar. Ushbu anjumanda bizning oliygohimiz - Andijon davlat universitetining ham professor-o'qituvchilari va talabalari faol qatnashdilar. Anjuman qiziqarli va mazmunli bo'lib o'tdi. O'ylaymizki, kelajakda bunday ilmiy-amaliy anjumanlar yanada ko'plab o'tkaziladi hamda uning natijalari bo’yicha amaliy ishlar hayotga joriy etiladi.

 

 

Rasulova Mukarramoy
www.adu.uz muxbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.