Andijon Davlat
Universiteti
ELIMIZNING BAXTLI KUNLARI YO’LIDA MEHNAT QILGAN INSONLARNING HAYOT YO’LI – BIZ YOSHLARGA IBRAT MAKTABI
2018-12-26    4034

Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishiga binoan 2018-yil 15-dekabrdan 2019-yil 15-yanvarga qadar “Vatan-muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” degan umumiy g’oya ostida “Vatanparvarlik oyligi” e’lon qilingan. Ushbu oy munosabati bilan 2018-yil 25-dekabr kuni Tarix fakulteti professor-o’qituvchilari, magistrantlari hamda talabalari ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bo’lgan nuroniy otaxonlar uylariga tashrif buyurdilar.

Dastlab, qaqshatqich janglarda mardlik na’munalarini ko’rsatib, bir necha shaharlarning ozod etilishida o’z hissasini qo’shgan Saidahmad ota Isayev xonadoniga tashrif buyurdik. Saidahmad ota urushdagi jasoratlari,urushdan keyin olib borgan faoliyati: Andijon viloyati ichki ishlar va hokimiyat organlarida, Andijon pedagogika institutida talabalarga tarix fanidan dars bergan davrlaridagi xotiralari haqida ma’lumot berdi.

Shundan so’ng ayovsiz janglarda jon olib jon bergan, urushdan qaytib matbuot organlarida uzoq yillar mehnat qilib hozirda 9 farzandni elu-yurtga munosib farzandlar qilib tarbiyalagan Tadjibayev Abdumutalib otani ziyorat qildik.

Vatan uchun kurashgan, elimizning baxtli kunlari yo’lida mehnat qilgan insonlarning hayot yo’li – biz yoshlarga ibrat maktabidir. Qariyb bir asr umr ko’rayotgan Yaratganning yerdagi asrandisiga aylangan bu mo’tabar insonlar millatimiz iftixori bo’lib biz yoshlarda vatanparvarlik ruhining shakllanishida va yurtimizga, xalqimizga sodiq farzandlar bo’lib yetishishimizda ulkan ma’naviy ozuqa manbai hisoblanadi.    

Usmonov Sardorbek, Rasulbek  Abdurasulov
O’zbekiston tarixi mutaxassisligi 1-kurs magistrantlari
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.