Andijon Davlat
Universiteti
"1001 TA QORBOBO"
2018-12-24    4752

Andijon viloyatida o'zgacha kayfiyatda boshlangan Yangi yil shukuhi yanada jo'shqin kayfiyatda davom etmoqda. Andijon shahrida 1-dekabrdan Markaziy archalar qad rostlagan edi. Bugun esa Respublikada birinchi desam adashmayman, "1001 ta qorbobo" loyihasi doirasida turli xil yoshdagi, turli xil ko'rinishdagi qorbobolar Xalq xizmatida bo'lishni boshladi. Ular qanday bo'lmasin maqsad yagona  ya'ni Yangi yil shukuhi yoshu qarida Vatanni sevish bilan chambarchars bog'lashdir.

 

Andijonda 16 ta kichik 3 ta markazlashgan archa hududlari mavjud. Barcha hududlarda ko’tarinki kayfiyatda bayram tadbirlari tashkil etilmoqda. Andijon viloyati hokimligi tashabbusi bilan "O'zbegim" ko'ngil ochar savdo maskani hududida tashkil etilgan "Yangi yil archasi" tadbirlarida "1001 ta qorbobo" loyihasi amalga oshirildi. Loyiha  doirasida Andijon davlat universiteti Yoshlar ittifoqi BT ham faol ishtirok etdi. Bu haqiqatda o'zgacha yangilik bo'ldi. Qorbobolar "Yangi yil Mega oqshomi" dasturida keltirilganidek xalq bilan birga "Bir odamga bitta Qorbobo" aksiyasini namoyish etdi.

Olimbek Tursunov
www.adu.uz muxbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.