Andijon Davlat
Universiteti
BIZNING G‘ALABA
2018-12-25    7309

Yoshlar o’rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o’rtasida o’zaro madaniy sport aloqalarini yo’lga qo’yish hamda yoshlarni sport musobaqalariga ommaviy tarzda jalb qilish maqsadida Mega sport musobaqasi o’tkazib kelinmoqda.

«Biz chempion» shiori ostida yo’l to’sig‘idan o’tishda jamoalar va individual ishtirokchilar o’rtasidagi an’anaviy «Mega sport» musobaqasi Respublika bosqichi joriy yilning 20-22 dekabr kunlari  Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanida O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi, Madaniyat vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O’zbekiston mudofaasiga ko’maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti,  “Yaks Future Product” MChJ hamkorligida o’tkazildi.

Yakuniy natijalarga ko’ra 180 ball bilan viloyatimiz jamoasi asosini tashkil etgan universitimiz talabalari 14 ta jamoa orasida faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritdi.

Omonboyeva Muxlisa
www.adu.uz muxbiri
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.