Andijon Davlat
Universiteti
QALBLARGA MEHR ULASHIB
2018-12-22    3420

Joriy yilning 20-dekabr kuni Andijon davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti Matematika kafedrasining bir guruh professor-o’qituvchilari T.Ibaydullaev, F.Arziqulov, M.Mamajonova, T.Nishonov, J.Aliyeva, M.Xasanova, A.Zafarovlar va 2-bosqich talabalari 2018-yil 15-dekabrdan 15-yanvargacha e’lon qilingan vatanparvarlik oyligi doirasida yangi yil bayrami munosabati bilan Andijon shahar Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 26-maxsus jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar maktabida mazkur maktabning o’qituvchi-murabbiylari va o’quvchilariga “Yangi yil” bayrami tadbirini o’tkazdilar. Bayram dasturini kafedra mudiri T.Ibaydullaev tabrik so’zi bilan ochib berdi.

Imkoniyati cheklangan bu o`quvchilar bilan talabalar va o’qituvchilar tez til topishib, o’zaro suhbat olib bordilar. Sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.

Talabalar “Yangi yil” tadbiriga teatrlashtirilgan tomoshalar bilan juda puxta tayyorgarlik ko`rishgani tadbirni mazmunan boyitdi.

Bu bayram dasturida shu yerda tarbiyalanuvchi o`quvchi yoshlar va ularga ta`lim beruvchi pedagog hodimlar, o`quvchilarning ota-onalari ham ishtirok etib, o`zgacha ma’naviy ozuqa olishdi. Qorbobo va Qorqiz barcha o’quvchilarga har xil turdagi sovg`alar ulashdi.

Bayramda tez aytish, shishirilgan sharlarni yorish, olmani yeyish, stollar atrofida raqsga tushib o`ynash kabi o`yinlar o`tkazildi. Yangi yil bayrami juda ko`tarinki ruhda o’tkazildi. Barcha mamnun bo’ldi.

Ayniqsa, maktab ma’muriyati kafedra jamoasi va talabalaridan mamnun ekanliklarini bildirib, samimiy minnatdorlik bildirdilar.

 

 

 

Rasulova Madinabonu
Fizika-matematika fakulteti 2-bosqich talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.