Viloyatimizda 2018-yilning 15-dekabrdan 2019-yilning 15-yanvargacha “Vatanparvarlik” oyligi deb e’lon qilindi. Fakultetimizda ham ushbu oy munosabati bilan amalga oshiriladigan ishlar “Yo’l xaritasi” ishlab chiqildi. Mana shu tadbirlar rejasiga muvofiq 2018-yil 21-dekabr kuni Tarix fakultetining 2 bosqich talabalari guruh murabbiylari katta o‘qituvchilar A.Turg‘unov, E.Tajimirzaev rahbarligida Andijon shahridagi 45605-sonli harbiy qismga tashrif buyurdilar.
Bizni harbiy qismni mutasaddi xodimlari kutib oldilar. Fakultet talabalari tashrif davomida harbiy qismda askarlarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularning kundalik harbiy-o‘quv mashg‘ulotlari bilan yaqindan tanishdik. Uchrashuvda davomida harbiy qismdagi harbiy qurol-aslaha va texnikalar bilan bizni mutasaddi harbiylar tanishtirib o‘tdilar.
Talabalar bu kungi uchrashuv davomida haqiqatdan ham mamlakatimiz kuchli harbiy salohiyatga ega ekanligi, yurtimizning tinchligi va xafvsizligi mard va jasur harbiy o‘g‘lonlar qo‘lida ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qildilar. Bunday tadbir va uchrashuvlarni o‘tkazilishi bevosita yoshlarda vatanparlik ruhini yanada kuchaytirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi shubhasizdir.
-
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI