Bugungi kunda ta’lim sifatini jahon andozalari darajasiga ko’tarish dolzarb masalaga aylandi. Bu borada xorijiy davlatlar bilan aloqalarni yo’lga qo’yish, yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tizimli ishlar yo’lga qo’yilmoqda. Mana shu jarayon Andijon davlat universiteti talabalarini ham chetlab o'tmayapti. Hozirgi kunda Andijon davlat universiteti dunyoning nufuzli universitetlari bilan akademik, ilmiy va xalqaro hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, 52 ta oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari o'rnatilgan bo'lsa, bulardan 28 ta ta'lim muassasalari bilan ikki tomonlama akademik memorandum va shartnomalar imzolandi. Joriy yilning 18-19 oktabr kunlari Toshkent shahrida o'tkazilgan "O'zbekiston-Rossiya ta'lim forumi"dagi kelishuvlar natijasiga ko'ra Rossiya Federatsiyasining Mordoviya davlat universiteti va Andijon davlat universiteti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandumdagi belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo'yicha alohida "Yo'l xaritasi" shakllantirildi.
Buning natijasida Andijon davlat universiteti tashabbusi bilan joriy yilning 19-21 dekabr kunlari Mordoviya davlat universiteti professorlari Anna Klimova va Bikmurza Ravilya Ryashitovnalar tomonidan Andijon davlat universitetining Fizika-matematika fakulteti Matematika yo'nalishining 1-3-bosqich talabalariga webinar onlayn ma'ruzalar tashkil etildi.
Bu darsda nafaqat talabalar, balki, univesitet professor-o’qituvchilari Matematika kafedrasi mudiri f.-m.f.n. T.Ubaydullayev, f.-m.f.n., dotsent S.Ahmedov, f.-m.f.d. F.Arziqulov, f.-m.f.n. N.Umrzaqov, katta o’qituvchi H.Qo’shaqovlar ham ishtirok etishdi. Talabalar ushbu dars davomida matritsa, chiziqli algebraik tenglamalar sistemasi va uni yechish usullari, Ikkinchi tartibli egri chiziqlar va ularning xossalari, Ehtimollar nazariyasi, Xosmas integrallar kabi ko'plab mavzular bo'yicha o'zlariga kerakli bo'lgan ma'lumotlarga ega bo'lishdi.
Bu darsning talabalarni qoniqtirgan jihati maruzani har tomonlama mukammal va yuqori saviyada o'tkazilgani hamda rus tilida olib borilgani bo'ldi. Dars so'nggida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollari bilan Mordoviya davlat universitetining professor-o'qituvchilari Anna Klimova va Ravilya Ryashitovnalarga murojaat qilishdi hamda o'zlari uchun yetarli bo'lgan javoblarga ega bo'lishdi. Bunday darslar o'zining har tomonlama qulayligi hamda yuqori saviyada o'tkazilishi har bir talaba yoshlarning intelektual salohiyatini yanada ortishiga xizmat qiladi. Biz talabalar mana shunday webinar onlayn darslarni rus tili ayniqsa ingliz tilida tez-tez o'tkazilib turishini universitetimiz ma'muriyatidan kutib qolamiz.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI