Andijon Davlat
Universiteti
ILMGA BAXSHIDA UMR
2018-12-22    3834

Bugun Andijon davlat universiteti fizika kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi haqiqiy a’zosi  Sirojiddin Zaynobidinov o’zning tabarruk 73 yoshini qarshiladi. Bu bilan ustozni muborakbod etamiz.

Sirojiddin Zaynobidinov 1945-yil 22-dekabrda Andijon viloyati, Buloqboshi tumani, Neftchilar shaharchasida tug‘ilgan.

S.Zaynobidinov universitetning o‘quv-tarbiyaviy, ilmiy, ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy hayotida faol ishtirok etuvchi xodimlardan biri sanaladi. U tajribali murabbiy sifatida “Ta’lim to‘g‘risida” Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” talablarini bajarishda boshqalarga o‘rnak  bo‘lib kelmoqda.

Akademik S.Zaynobidinov ilmiy faoliyati davomida 5 ta monografiya, 2 ta darslik, 20 ta o‘quv qo‘llanmalari chop etildi, 7 ta patent va mualliflik guvoxnomalari. Xorij, respublika jurnallari 184 dan ortiq ilmiy maqola va 220 dan ortiq tezislari e’lon qilingan. Shulardan o‘quv adabiyotlari mualliflari Respublika tanlovida 1 ta 1-o‘rinni, 2 ta 2-o‘rinni, 2-tasi 3-o‘rinni egallagan.

Ilmiy yo‘nalishi: Legirlangan kremniy va ular asosidagi elektron qurilmalarda kirishma atom-nuqson o‘zaro ta’sirlashuv jarayonlarini tadqiq etish.

S.Zaynobidinov faoliyatida yetuk ilmiy-pedagogik kadrlarni tarbiyalash ham katta o‘rin tutadi. Xususan, uning ilmiy rahbarligi va maslaxatchiligida 4 ta fan doktori va 16 ta fan nomzodlari dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar va respublikamiz ijtimoiy hayotining barcha tarmoqlarida samarali mehnat qilmoqdalar. Hozirda uning ilmiy maslaxatchiligida 2 ta doktorlik dissertatsiyasi tayyorlanmoqda. S.Zaynobidinov yarimo‘tkazgichlar fizikasining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlari natijalariga ko‘ra 1978 yilda O‘zR FA Fizika-texnika institutida nomzodlik va 1987 yilda Sankt-Peterburg politexnika institutida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1982 yilda dotsent, 1988 yilda professor, 1995 yilda  AQShning Kaliforniya fan, ta’lim, texnika va san’at akademiyasi, Oliy ta’lim HFA, (1999 yil)da a’zoligiga saylandi. 1999 yil Kembrij (Angliya) dagi Xalqaro Biografik markaz a’zosi va 2002 yil shu markazning yarimo‘tkazgichlar fizikasi sohasidagi buyuk hizmatlari uchun kumush medali bilan taqdirlandi, 2013 yilda O‘zMU ning “Universitet iftixori” jamoatchilik kengashi a’zosi etib saylangan.

S.Zaynobidinov 1965 yil “Vatan urushida g‘alabaning 20 yilligi” medali, 1992 yil A.R.Beruniy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti, 1990 yil Oliy ta’lim a’lochisi ko‘krak nishoni, 2001 yil O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligi ko‘krak nishoni, 2003 yil “O‘zR o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni, respublika xukumati va viloyat xokimligi faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan. 2017 yil O‘zRFA haqiqiy a’zosi etib tayinlandi.

 O‘quv mashg‘ulotlarida o‘qitishning noan’anaviy usullaridan, yangi informatsion va pedagogik texnologiyalardan doimiy ravishda unumli foydalanib keladi. S.Zaynobidinov talaba-yoshlarning manaviy, marifiy bilimlarini yuksaltirish, barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularga o‘zligimizni anglatish, milliy qadriyatlarni e’zozlash kabi masalalarga katta etibor qaratadi. Uning rahbarligida fakultetda “Fizikaning dolzarb muammolari” seminari tashkil etilgan. Hozirda, seminar yosh professor-o‘qituvchilar, magistrantlar va talabalarni ilmiy ishga qiziqtirib, ularda ilmiy ish olib borish malakasini xosil qilishda samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ibratli oila boshlig‘i, fidoiy va jonkuyar ustoz, tashabbuskor rahbar sifatida xalqaro ilmiy jamoatchilik, viloyat va Respublika faollari va aholi xurmatini qozongan.

S.Zaynobidinov fan va ta’limni rivojlantirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilm yutuqlari, Respublika va viloyat ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarini o‘tkazish va targ‘ib qilish tadbirlarning faol ishtirokchilaridan biri sifatida astoydil mehnat qilmoqda.

Ustozga mustahkam sog’lik, uzoq umr, pir-u badavlatlik hamisha yor bo’lsin. Yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin!!!

Andijon davlat universiteti ma'muriyati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.